PANJARA

PANJARA — meʼmoriy boʻlak; kataksimon toʻqima shakl, toʻsiq. Binolarning eshik, darcha, tuynuk, zinapoyalarida, ayvonlarda toʻsiq va ayni paytda bezak vazifasini oʻtaydi. Turar joy, bogʻlarda, koʻchalarda, uy-roʻzgʻor buyumlarida, amaliy sanʼat va hunarmandlik buyumlarida ham bezak sifatida foydalaniladi. Panjara yogʻoch taxtachalarni, gʻishtni qalab, ganch va metallni quyib va oʻyib, toshni qalab va oʻyib oʻsimliksimon, handasiy shakl hosil qilib tayyorlanadi. Sodda va murakkab turlari bor. P. tayyorlash usuli Panjaraning xom ashyosiga, vazifasiga, oʻrni, ustaning malakasi va mahoratiga bogʻliq. Panjaraning keng Tap-kalgan turi yogʻoch Panjara uchun oldin rom tayyorlanib, chizma boʻyicha hozirlangan taxtachalar uning ichiga qalab-yigʻib chiqiladi (yogʻoch boʻlaklarining porsi qilingan, tish chiqarilgan joylari birbiriga bolgʻacha bilan urib jipslashtiriladi). Bu ustadan koʻp mehnat, ma-horat, aniqlik talab qiladi. Taxtani parma va iskana bilan oʻyib ham Panjara tayyorlanadi. Ganch Panjara ganchning eng yaxshi navidan qolipga quyib yoki tayyor ganch taxtani oʻyib hosil qilinadi, soʻng pardozlanadi. Shakli oldin ganchdan yoki gʻishtdan qalab tayyorlanib, ustiga koshin qoplangan Panjara ham bor. Metall Panjaralar kamdan-kam boʻlib, quyib yoki mis taxtani oʻyib tayyorlangan (hozir koʻpincha choʻyandan quyilib tayyorlanmoqda). Zamonaviy meʼmorlikda metall va beton P. lar keng qoʻllanadi.

Arxeologik materiallar Panjara sanʼati qadimdan mavjudligini, ayniqsa, Sharq mamlakatlarida keng tarqalganligini koʻrsatadi. Tuproqqalʼa (3-a.) saroylarida ham xom gʻishtni qalab, Varaxsha (8-a.) binolarida ganchni oʻyib ishlangan Panjara qoldiqlari bor, Ismoil Somoniy maqbarasida pishiq gʻishtni qalab Panjara hosil qilingan. Te-muriylar davrida jozibador ishlangan Panjara namunalari yaratilgan Shohi-zinda majmuasi (14-a.)da mahorat bilan ishlangan yogʻoch Panjara va b. meʼmoriy yodgorliklarda marmardan ishlangan Panjara namunalari saqlangan.

Mir Arab, Abdullaxon (16-a. Buxoro), Sherdor (17-a., Samarqand) madrasalarida rangli koshinlardan mozaika P. larining ajoyib namunalari, Sitorai Mohi Xosa majmui (1913—14), Xivadagi Toshhovli, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmui, Toshkentdagi Navoiy teatri, Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, «Koʻk gumbaz» kafe va choyxonasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Oʻzbekiston» mehmonxonasi va b. binolarda Panjaraning jozibador namunalarini koʻrish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x