PANDA

PANDA, kichik panda (Ailurus fuldens) — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi, urugʻning yagona turi. Baʼzan ayiqsimonlar oilasiga yoki katta panda b-n birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Gavdasi 51—63 sm, dumi 28—48 sm. Boshi dumaloq, yuz qismi kichik, rangi sargʻish, qorin tomoni va oyoqlari krramtir, «yuzi» oqish tusda. Jan.-gʻarbiy Xitoy, Nepal, Shim. Myanma, Shim.-sharqiy Hindistonda tarqalgan. Togʻ bambukli oʻrmonlarda yashaydi. Bambuk nihollari, oʻtlar, mevalar, baʼzan qushlar tuxumi va mayda sut emizuvchilar bilan ozikla-nadi. Yilda 1-marta 1—2 tadan (baʼzan 4 tagacha) bola tugʻadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x