PALEARKTIKA OBLASTI

PALEARKTIKA OBLASTI, Palearktika (yun. palaios — qadimgi va arktros — shimoliy) — quruklik zoogeografiya oblasti. Yevropa, Shim. Afrika (jumladan, Saxroi Kabir), Arabiston ya. o. (jan. dagi togʻliq qismidan tashqari), Osiyoning Hind va Yanszi daryolari hamda Himolay togʻlarigacha boʻlgan moʻtadil va sovuq iqlimli hududlarni oʻz ichiga oladi. Palearktika oblastiga Tinch okeandagi Komandor, Kuril, Saxalin va Yaponiya o. ; Atlantika okeanidag» Islandiya, Yashil Burun, Kanar, Madeyra va Azor o. ham kiradi. Hayvonot dunyosi Nearktika oblastinikiga oʻxshaydi. Shuning uchun koʻpchilik zoogeograflar Palearktika oblasti va nearktika oblastlarini yagona Golarktika oblastiga birlashtirishadi. Palearktika oblasti Arktika, Sirkumboreal, Oʻrta dengiz boʻyi, Markaziy Osiyo va Xitoy-Himolay kichik oblastlariga ajratiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x