BURISHTIRUVCHI DORILAR

BURISHTIRUVCHI DORILAR — yalligʻlangan joydagi ogʻriqni kamaytiruvchi dorilar. Shuning uchun Burishtiruvchi dorilar yalligʻlanishga qarshi ishlatiladigan dorilar bilan birga qoʻllaniladi. Burishtiruvchi dorilar yalligʻlangan yoki kuygan joyga qoʻyilganda toʻqimalarning yuza qatlamida oqsillarni qisman ivitib. ichkaridagi toʻqimalarni turli taʼsirotlardan saqlaydigan oqsil parda hosil qiladi. Koʻpgina oʻsimliklar (eman poʻstlogʻi, sariqchoy oʻsimligi, mavrak bargi, moychechak guli, shumurt va chernika mevasi … Читать далее

BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

BEDA TUNLAMI

BEDA TUNLAMI, zigʻir tunlami (Heliothis ViriplacaHutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari … Читать далее

VOLFART PASHSHASI

VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) … Читать далее

BAXIYEV

BAXIYEV Amin (1937.15.5, Qorakalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani) — geobotanik, ekolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biol. fanlari dri (1981), Qoraqalpogʻiston davlat ped. in-tini tugatgan (1961). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali botanika sektorining mudiri (1972 — 83), filial Prezidiumi raisining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1984-y. dan), ayni vaqtda geobotanika lab. mudiri, Tabiiy … Читать далее

VIRUSLI KASALLIKLAR

VIRUSLI KASALLIKLAR, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklar iga kirov (oqsim), … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VEGETATIV KOʻPAYISH

VEGETATIV KOʻPAYISH — vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo boʻlishi; koʻp hujayralilar uchun xos. Vegetativ koʻpayishda ham bir hujayralilarning jinsiy koʻpayishi singari klonlar — genetik jihatdan bir xiddagi individlar guruhi vujudga keladi. 1. Oʻsimliklarda Vegetativ koʻpayish tallom ixtisoslashmagan qismining ajralishi (koʻpchilik suv oʻtlari va yuksak zamburugʻlar) yoki tallomdan ixtisoslashgan qismlar ajralishi (xarasimon … Читать далее

VEGETATSION USUL

VEGETATSION USUL — oʻsimliklar agrokimyosi va fiziologiyasiga oid i. t. ishlarida qoʻllaniladigan lab. usullaridan biri; vegetatsion idishlarga oʻtqazilgan oʻsimliklarni vegetatsion uy, issiqxona, oranjeriya, fitotron va b. da oʻstirish. Vegetatsion usul yordamida oziq moddalarning fiziologik roli, ularning oʻsimliklarga kirib borishi, muhit reaksiyasining (rN) ahamiyati, sugʻorish normasi, oʻsimlikning oziq eritmasi konsentratsiyasi, t-ra, kimyoviy himoya vositalari, gerbitsidlarga munosabati … Читать далее

BODXIZ QIRLARI

BODXIZ QIRLARI — Turkmanistonning jan. sharqidagi qirlar. Murgob va Tajan daryolari oraligʻida. Bal. 1267 m gacha. Afgʻonistondagi Paropamiz togʻlarining shim. etagi. Shim. da Qoraqum choʻliga tutashgan. Yer yuzasi yassi tekislik va bayirpardan iborat. Bayirlar orasida quruq soy va jarlar, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Bodxiz qirlarining iqlimi keskin kontinental; yezda tra 44—46° gacha boradi, yogʻin kam … Читать далее