YESENIN Sergey Aleksandrovich

YESENIN Sergey Aleksandrovich [1895.21.9 (3.10), Ryazan viloyati Konstantinov, hoz. Yesenin qishlogʻi — 1925.28.12, Sankt-Peterburg, Moskvada dafn etilgan] — rus shoiri. Ilk sheʼriy toʻplami «Radunitsa» (1916) dayoq qalb holatlarini noziq tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919—22 y. larda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini … Читать далее

YOʻL BELGILARI

YOʻL BELGILARI — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham … Читать далее

DARRASOLDI

DARRASOLDI, durrasoldi — bolalar va oʻsmirlar oʻyini. Oʻyinga qatnashuvchilar davra qurib oʻtiradilar. Bir kishi eshilgan belbogʻ (darra)ni qoʻliga ushlab, davra atrofida aylanadi va dar-rani oʻtirganlardan birining orqasiga bildirmay tashlab ketadi, oʻzi esa joy topib oʻtirib olishga harakat qiladi. Oʻtirgan odam orqasiga darra tashlanganini sezib qolsa, oʻrnidan tez turib, darrani oladi va darra tashlovchini quvlaydi, yetib … Читать далее

DAMAN VA DIU

DAMAN VA DIU — Hindistonning gʻarbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qoʻltigʻiga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar ya. o. ning jan. da joylashgan orol boʻlib, koʻpriklar orqali materik bilan bogʻlangan. Mayd. 112 km2, aholisi 158 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Daman. 1509, 1521 va 1531-y. larda portugallar … Читать далее

GʻUMBAK

GʻUMBAK — hasharotlarning toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishidagi bosqich. Gʻumbak oziqlanmaydi, odatda harakatsiz, biroq uning ichida juda chuqur oʻzgarishlar yuz berishi tufayli lichinka organlari qayta shakllanib, yetuk forma — imago vujudga keladi. Gʻumbakning 3 xili mavjud: erkin (ochiq), yopiq, yashirin (soxta pillali). Erkin Gʻumbakning oyoq, moʻylov va qanotlari tanasiga yopishmasdan, faqat jips yigʻilib turadi; voyaga yetgan … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

VINT CHIZIQ

VINT CHIZIQ — doiraviy silindr yoki doiraviy konus sirtida yotgan va ularning hamma yasovchilar bilan teng burchaklar hosil qiladigan spiralsimon, fazoviy egri chiziq. Silindr yoki konusning yasovchisi boʻylab ilgarilama tekis harakat qilgan nuqta ham Vint chiziq chizadi. Yasovchining soat mili yoki unga teskari yoʻnalishda harakat qilishiga qarab, oʻnaqay yoki chapaqay Vint chiziq hosil boʻladi. Пост … Читать далее

VAGON

VAGON (ing. waggon — arava) — t. y. izlarida yoʻlovchilar va yuklarni tashishga moʻljallangan transport vositasi. Birinchi marta 18-a. da Angliya, soʻngra Germaniyada paydo boʻlgan. Dastlabki Vagon yogʻoch izlarda qoʻlda yoki ot bilan tortilgan yashik boʻlgan. Vagonning keyingi taraqqiyoti Angliyada choʻyan izlar-ning qurilishi bilan bogʻliq. Bu izlarda Vagon ot b-n tortilgan. Keyinchalik texnikaning rivojlanishi bilan … Читать далее

VOSTOK

«VOSTOK» — 1) Yer atrofidagi orbitada uchish uchun sobiq Ittifoqda yaratilgan bir kishilik kosmik kema (KK) larning nomi. «Vostok»da 1961-y. 12 apr. da kosmonavt-uchuvchi Yu. A. Gagarin dunyoda birinchi marta kosmosga parvoz qildi. KK Boyqonur kosmodromidan uchirildi. Yer atrofini bir marta aylanib, Yerga qoʻndirildi. Orbita perigeyi bal. 181 km, apogeyi bal. 327 km. «Vostok» KKsi … Читать далее

VINT SIRT

VINT SIRT — qoʻzgʻalmas oʻq atrofida oʻzgarmas burchak tezlik bilan aylanuvchi va ayni vaqtda shu oʻq boʻylab oʻzgarmas tezlik bilan ilgarilama harakatlanuvchi tekis chiziq hosil qiladigan sirt. Harakat qiluvchi tekis chiziq toʻgʻrn chiziq boʻlsa, u chizgan Vint sirt gelikoid deyiladi. Xususiy holda harakatlanuvchi toʻgʻri chiziq oʻqni toʻgʻri burchak ostida kessa, toʻgʻri gelikoid hosil boʻladi. Пост … Читать далее