YoSh PSIXOLOGIYASI

YoSh PSIXOLOGIYASI — turli yosh dagi odamlar xususiyatlarini, bir yosh davridan boshqa yosh davriga oʻtishda ularning psixik rivojlanishini oʻrganuvchi psixologiya fani sohasi. Yosh psixologiyasi odamning tugʻilganidan boshlab to keksaygunicha boʻlgan davr (ontogenez)da amalga oshadigan ruhiy rivojlanishi va shakllanishi bosqichlarini oʻrganadi. Yosh psixologiyasi mustaqil fan sifatida 19a. ning oxirlarida shakllandi. Dastavval bolalar psixologiyasi sifatida yuzaga kelgan. … Читать далее

YOSIN

YOSIN — Qurʼon 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Arabcha «yo» va «sin» harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha «yo, inson» iborasining qisqartirilgan shakli deb hisoblaydilar. Bu surada Qurʼonning muqaddas kitob sifatida Alloh tomonidan yuborilgani, unda musulmonlar uchun toʻgʻri yoʻl koʻrsatilgani, Muhammadning paygʻambarligi, uning pandnasihatlariga amal qilgan dindorlar oxiratda Alloh huzuriga qaytib … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YUNUSOV Adham Yunusovich

YUNUSOV Adham Yunusovich (1910.1.7 — Toshkent — 1971.16.10) — fiziolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), biol. fanlari d-ri (1949), prof. (1950). Oʻrta Osiyo Paxtachilik va ipakchilik intini (1932) hamda ToshTI ni (1943) tugatgan. ToshTI, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika inti, Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti fiziologiya kafedralarida assistent (1932—38), … Читать далее

YUSUPOV Akrom Mamatovich

YUSUPOV Akrom Mamatovich (1905.1.5, Quva — 1975.26.11, Toshkent) — sirk artisti, masxaraboz. Oʻzbekiston xalq artisti (1961). 8 yoshidan amakisi — dorboz Hotam Madaliyevdan dorbozlik va muallaqchilikni oʻrgangan. 14 yoshidan xalq sirkchilari truppasida ishlagan. 1920—30 yillarda komik akrobatika, voltijyorlik, turnik ustida mashq bajarish, chavandozlik tomoshalarida qatnashgan. 1942-yildan Oʻzbek sirki jamoasi tarkibidagi Toshkanboyevlar dasturida ishtirok etdi va … Читать далее

YEVSTAXIY NAYI

YEVSTAXIY NAYI — quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda yutqunni oʻrta quloq boʻshligʻiga tutashtiradigan kanal. 1563-y. da italyan olimi B. Yevstaxiy (1510—74) tasvir etgan. Oʻrta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi. Yevstaxiy nayi jabra yorigʻining rudimentidan kelib chiqqan. Timsoqlarda oʻzaro tutashuvchi kanallarning murakkab sistemasini hosil qiladi. Ilonlarda oʻrta quloq reduksiyalangani uchun Yevstaxiy nayi yoʻq. … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

DEZAMINLANISH

DEZAMINLANISH — organik birikmalar molekulasidan amin (NH2) guruhining ajralib chiqish jarayoni. Dezaminlanishda NH2 guruhi boshqa guruhlar (mas, N, OH, OR) bilan almashinadi yoki qoʻshbogʻlar hosil boʻladi. Biokimyoviy Dezaminlanish maxsus fermentlar ishtirokida boradi. Bir necha tur D. mavjud: oksidlanuvchi Dezaminlanish aminokislotalarning tirik organizmda parchalanishi nati-jasida roʻy berib, ajralib chiqqan aminoguruhlar oʻrniga tegishli keto-kislotalar hosil boʻladi. Jarayon … Читать далее

GʻURAK

GʻURAK, Gurek (7-a. oxiri — taxm. 737) — Sugʻd ixshidi (podshosi) (710—737) va arablarga qarshi koʻta-rilgan qoʻzgʻolon rahbari. Tarxunsh birodari. Qutayba ibn Muslim ra. h-barligidagi arab qoʻshini bilan Katta-qoʻrgʻon yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sugʻdiylar Samarqandga chekinishga majbur boʻlishgan. Gʻurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Fargʻona ixshidiga elchilar yuborib, yordam soʻragan. Ammo Qutayba … Читать далее