VAZOPRESSIN

VAZOPRESSIN (lot. vas — tomir va presso — bosaman) , antidiuretik gormon — gipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari … Читать далее

BOSHQIZILSOY RASMLARI

BOSHQIZILSOY RASMLARI — kad. va ilk oʻrta asrlarga mansub qoyatosh rasmlari. Chatqol tizmasi (Oʻzbekiston)ning jan. gʻarbiy yon bagʻridagi Boshqizilsoy dara qoyatoshlariga ishlangan. Toshkent sh. dan 70—80 km sharqda, Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1934-y. da A. Mirmuhamedov topgan, A. Kabirov oʻrgangan (1966, 1971—72). 400 dan ortiq rasmlarning asosiy qismi mil. av. 6—1-a. larga mansub; 1—8-a. … Читать далее

BOTQOQ BALCHIQCHILAR

BOTQOQ BALCHIQCHILAR (Sitova) — balchiqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 4 ta turi mavjud. Shim. yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda katta Botqoq balchiqchilar (L. limosa) va kichik Botqoq balchiqchilar (L. lapponica) deb ataladigan turlari qushlarning bahorgi va kuzgi uchib oʻtishi davrida uchraydi, lekin ularning soni koʻp emas. Botqoq balchiqchilar suvga yaqin joylarda yashaydi, uyasini esa … Читать далее

VITAMINLI OZUQALAR

VITAMINLI OZUQALAR — oʻsimlik bilan hayvon chiqindilaridan tayyorlanadigan servitamin ozuqa, aralash yem. Vitaminlarnint yetishmasligi hayvonlar organizmida gipovitaminoz kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yosh, boʻgʻoz va sogʻiladigan mollarda ayniksa vitaminlarga talab katta boʻladi. Ayrim vitaminlar hayvon organizmi-ning oʻzida, mas., A vitamini karotindan, D vitamini sterindan sintezlanadi. Kovsh qaytaruvchi hayvonlarning meʼda yoʻlidagi mikroflora taʼsirida S, K, V guruhidagi vitaminlar … Читать далее

BIOLOGIK SOAT

«BIOLOGIK SOAT» — odam, hayvonlar va parrandalarning vaqtni his qilish (moʻljallay olish) qobiliyati. Hujayralarda yuz beradigan fizikkimyoviy va fiziologik jarayonlarning qatʼiy davriyligi, yaʼni biologik marom (surʼat)ga asoslangan. Organizmdagi davriy oʻzgarishlar maromi tabiatdagi tabiiy tanlash jarayoni tufayli irsiy jihatdan avloddanavlodga oʻtadi va geofizik omillarning siklik oʻzgarishlariga bogʻliq boʻladi. «Biologik soat» ayniqsa hayvonlar va parrandalarda yaqqol namoyon … Читать далее

BENTOS

BENTOS (yun. benthos — chuqurlik) — dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Bentos oʻsimliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) Bentosga ajratiladi. Zoobentos oʻz navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar — infauna (koʻp tuklilar. ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va b.)ga, loyqa ustida oʻrmalab yuruvchilar — onfauna (koʻp tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, … Читать далее

VITYAZ

«VITYAZ» — 1) yelkan-vintli harbiy kema (korvet). «V». da 1871-y. N. N. Mikluxo-Maklay Yangi Gvineya oroliga yetib borgan; 2) rus ekskursiya kemasining nomi (1836-y. qurilgan). «V», yordamida rus admirali S. O. Makarov rahbarligidagi ekspeditsiya 1886—89 y. larda dunyo aylanasi boʻylab suzgan va okeanografiyaga oid katta tadqiqotlar oʻtkazgan; 3) okeanologiya, okeanografiya va gidrobiologiya sohasida i. t. … Читать далее

VIRUNGA

VIRUNGA — Sharqiy Afrikadagi hoz. zamon vulkanizmi oblasti, Kivu koʻlidan shim. ga tomon yoʻnalgan tektonik botikda joylashgan. 8 ta yirik va koʻplab (400 dan ortiq) mayda harakatdagi va soʻngan vulkanlar guruhi. Virunga vulkanik maydoni bazalt va leysitli lavalardan tuzilgan boʻlib, 1800 m va undan ortiq balandlikda. Eng baland joyi — Karisimbi soʻngan vulkani (4507 m); … Читать далее

VIVERRASIMONLAR

VIVERRASIMONLAR (Viverridae) – yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uz. 85 sm gacha, ogʻirligi 8 — 12 kg boʻlgan hayvonlar. Oyoqlari kalta, koʻpincha 5 panjali, dumi uzun, bitta turining dumi tutuvchi tipda. Baʼzi Viverrasimonlar anal teshigi oldida muskus ishlab chiqaradigan hid bezlari bor. 71 turi, 35 urugʻi: genetalar, sivetalar, mangustlar, binturangalar, mungolar, surikatlar, fossalar va b. … Читать далее

VALIN

VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalardan biri. Mol. m. 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillartarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxm. 3—10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400—800 mg Valin kerak. Пост Навигацияси