YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

YELKANTEPA

YELKANTEPA, Yelkendepe — Kopetdogʻ etaklari (Turkmaniston)da joylashgan jez davri arxeologik yodgorligi. Qishloqda hayot mil. av. 7—6-a. larda taraqqiy etgan. Bu davrda qishloq markazida bal. 6 m, diametri 130 m ga yetadigan hisor qad koʻtargan. Hisorning atrofidagi 500×290 m ga choʻzilgan maydonda atrofi devor bilan oʻrab olingan aholi turar joylari joylashgan. Devor oldiga xandaq qazilgan. Keyinchalik … Читать далее

GʻAFUR GʻULOM

GʻAFUR GʻULOM (taxallusi; asl nomi Gʻulomov Gʻafur) (1903.10.5 — Toshkent — 1966.10.7) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1963). Oʻzbekiston FA akad. (1943). Toshkent sh. da Qoʻrgʻontegi mahallasidagi eski maktab va mad-rasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) oʻqigan. Mustaqil hayot yoʻlini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashgʻul boʻlgan. Oʻqituvchilarni tayyorlash kurslarini … Читать далее

DENGIZ NILUFARLARI

DENGIZ NILUFARLARI (Crinotdea) — ninaterililar sinfi. Koʻrinishi gulga oʻxshash, erkin yashaydi (poyachasizlar) yoki oʻtroq hayot kechiradi (poyachalilar). Tanasi likopchasimon markaziy diyekdan va undan tarqaladigan, koʻpincha koʻp marta shoxlanadigan 5 ta nurdan iborat. Poyachali Dengiz nilufarlarining mar-kaziy diski asosida suv tubiga yopishishiga yordam beradigan, uz. 1 m cha keladigan poyachasi boʻladi. Poyachasiz Dengiz nilufarlari rang-barang boʻlib, … Читать далее

DEKLAMATSIYA

DEKLAMATSIYA (lot. declamatio — no-tiklik mashqi) — badiiy oʻqish, notiklik sanʼatining muhim turlaridan biri. Sharqda Deklamatsiya kadimdan rivojlangan. Xitoy, Hind podsholari, Xorazmshohlar, sugd, sak xonlari saroylarida Deklamatsiya ustalari ishlagan. Oʻzbek xonliklari hududida ham Deklamatsiya sanʼatining mohir ustalari (maddoxlar, qissaxonlar, dostonchi, ertakchi va otinlar) yashab ijod etgan. Saroylarda tez-tez uyushtirib turilgan sheʼrxonlik ham aslida Deklamatsiyaning bir … Читать далее

DEZAMINLANISH

DEZAMINLANISH — organik birikmalar molekulasidan amin (NH2) guruhining ajralib chiqish jarayoni. Dezaminlanishda NH2 guruhi boshqa guruhlar (mas, N, OH, OR) bilan almashinadi yoki qoʻshbogʻlar hosil boʻladi. Biokimyoviy Dezaminlanish maxsus fermentlar ishtirokida boradi. Bir necha tur D. mavjud: oksidlanuvchi Dezaminlanish aminokislotalarning tirik organizmda parchalanishi nati-jasida roʻy berib, ajralib chiqqan aminoguruhlar oʻrniga tegishli keto-kislotalar hosil boʻladi. Jarayon … Читать далее

DAFN MAROSIMI

DAFN MAROSIMI — marhumni koʻmish bilan bogʻliq boʻlgan marosim va urfodatlar. Dafn marosimi insoniyat paydo boʻlganidan buyen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bogʻliq holda oʻzgarib borgan. Bundan 40—18 ming yil oldingi paleolit davridayoq Dafn marosimi oshkora liniy tuye olgan. Keyinchalik Dafn marosimi har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan … Читать далее

GʻOʻZA ILDIZ BITI

GʻOʻZA ILDIZ BITI (Tprgpas1argpGʻoʻza va b. ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng … Читать далее

VALIXONOV Choʻqon Chingizovich

VALIXONOV Choʻqon Chingizovich (asl ismi Muhammad Xanafiya) (1835, Qushmurun mavzesi, hoz. Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati — 1865. ? 10, Oltinamal mavzesi, hoz. Qozogʻiston-ning Toldiqoʻrgʻon viloyati) — maʼrifatparvar-demokrat, tarixchi, etnograf va folklorshunos. Ablayxonning nabirasi xonadonida tugʻilgan. 1853-y. Omsk kadetlar korpusini tugatgach, Gʻarbiy Sibir gubernatorligida xizmat qilgan. Turkiston va Xitoyga qilingan bir qator ekspeditsiyalarda qatnashgan. 1858-y. musulmon savdogari … Читать далее