VAZIR

VAZIR (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. Vazirlar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida Vazir lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. … Читать далее

VITEBSK VILOYATI

VITEBSK VILOYATI — Belorussiyaning shim.-sharqidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv. da tuzilgan. Vitebsk viloyatida 19 shahar va 26 shaharcha bor. Mayd. 40,1 ming km2. Aholisi 1434,7 ming kishi (1999), asosan beloruslar, shuningdek rus, ukrain, polyak, yahudiy va b. ham yashaydi Markazi — Vitebsk sh. Yer yuzasi asosan tekislik, qator tepalar va ular orasida botqoklashgan pastliklar … Читать далее

VESTFALIYA

VESTFALIYA (Westfalen) — Germaniyadagi Reyn va Vezer daryolari oraligʻidagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda sakslarnnnt gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan vestfal qabilalari yashagan hudud. 1807-y. da Napoleon I markazi Kassel sh. boʻlgan Vestfal qirolligini (1807 — 13) tuzgan. 1815—1945-y. larda Prussiya viloyati (markazi — Myunster), 1946-y. dan Shim. Reyn-Vestfaliya yerining bir qismi. Пост Навигацияси

VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее

VIFINIYA

VIFINIYA — Kichik Osiyoning shim.-gʻarbidagi tarixiy viloyat (hoz. Turkiya-da). Mil. av. taxm. 700-y. da bu hududga frakiy qabilalardan boʻlgan vifinlar kelib joylashgan. Mil. av. 7—6a. larda Lidiya, mil. av. 6—4-a. larda axomaniylar hukmronligi ostida boʻlgan. Mil. av. 297—74 y. larda mustaqil Nikomediya podsholigi (asoschisi Nikomed I nomidan). Mil. av. 74 y. dan Rim, Vizantiya tarkibida. … Читать далее

VOLOST SUDI

VOLOST SUDI — Rossiyada umumiy sudlardan alohida turgan (ajratilgan) quyi tabaqa dehqon sudi (1861 — 1917). Hayʼati rais va sud maslahatchilaridan iborat boʻlib, mahalliy urf-odatlarga tayangan holda, dehqonlar turmushida koʻp uchraydigan fuqarolik va jinoyat ishlarini koʻrgan, 1861-y. gi yer islohotidan keyip qishloqlarda volost miqyosida dehqonlar oʻrtasidagi oldi-berdilarni, mulk taqsimlash va merosga oid ishlarni muxrkama qilgan. … Читать далее

BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONI

BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONI — Buxoro xonligida shayboniylarta qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (16a. 40-y. lari). Yirik yer egalari. viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boʻysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson sh. da joʻybor xojalariaai Abul Baqoning togʻasi Bobo Mirak umumxalq qoʻzgʻoloniga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Qoʻzgʻolon … Читать далее

VOLGOGRAD VILOYATI

VOLGOGRAD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1936-y. 5 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. V. v. da 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi — Volgograd sh. Volgograd viloyati Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy — … Читать далее

VOYEVODA

VOYEVODA (rus.) — 1) qushin boshligʻi, slavyan xalqlarida hukmdor. Rusda 10-a. dan maʼlum. Rossiya davlatida — polk, otryad (15-a. oxiri — 18-a. boshi), shahar (16-a. oʻrtasi — 1775) va viloyat (1719—75) boshligʻi. 2) (Voyevodlik) — Polshadagi asosiy maʼmuriyhududiy birlik. Пост Навигацияси

BUXORO TIBBIYOT INSTITUTI

BUXORO TIBBIYOT INSTITUTI, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti — Buxoro sh. dagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1990-y. tashkil etilgan. Davolash, stomatologiya va oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash f-tlari bor, 39 kafedra, litsey, aspirantura, doktorantura, klinik ordinatura, markaziy i. t. va klinik lab., / int muzeyi va 2 uquv muzeyi, … Читать далее