GʻARBIY AVSTRALIYA

GʻARBIY AVSTRALIYA — Avstraliya Ittifoqining gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 2,53 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pert sh. Yer yuzasining aksari qismi bal. 400—500 m li choʻlli plato (Gibson, Katta Qumli, Katta Viktoriya choʻllari). Shoʻr koʻl koʻp. Shim. da savannalar bor. Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismida togʻ tizmalari va massivlar uchraydi. Eng … Читать далее

GʻAZNAVILAR DAVLATI

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining … Читать далее

GʻILDIRAK

GʻILDIRAK — mashina va mexanizmlarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga oʻzgartirib berish uchun xizmat qiladigan detali. Gupchakka oʻrnatilgan disk yoki spi-sali chambarak shakliga ega. Gʻildirak mashina yoki mexanizm oʻqida erkin aylanishi yeki unga mahkamlab oʻrnatib qoʻyilishi (oʻq bilan birga aylanishi) mumkin. Gʻildirak insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxm. mil. av. 4 min-ginchi yillar oʻrtalaridan … Читать далее

BOʻR SISTEMASI

BOʻR SISTEMASI (DAVRI) — Yer tarixi mezozoy erasining uchinchi (oxirgi) davri; yuradan keyingi va kaynozoy gruppasining paleogen sistemasidan oldingi davrni oʻz ichiga oladi. Boʻr sistemasi yuqori boʻlimi yotqiziqlarida keng tarqalgan oqboʻr nomi bilan atalgan. Radiologik metodlar natijasiga koʻra 140 mln. yil avval boshlangan va 76 mln. yilcha, paleogen davrigacha davom etgan (q. Geoxronologiya). 1822-y. belgiyalik … Читать далее

VIVIANIT

VIVIANIT (ing. mineralogi J. G. Vivian nomidan) — fosfatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Gʻye3[RO4]2-8N2O. Monoklin singoniyali. Qoʻshimchalari: Mn, Mg, Ca, Gʻye+3. Rangsiz, koʻkimtir kristallar, nursimon, tolasimon agregatlar. Shaffof, vaqt oʻtishi bilan koʻk yoki toʻq yashil rangga kiradi. Yaltiroqligi shishasimondan xira sadafsimongacha. Kattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 2,7—2,9. Nurash mahsuloti. Torfli yerlarda keng tarqalgan. Ikkilamchi minerallar … Читать далее

BAYZO

BAYZO (arab. — oq rangli, yaltiroq) — qad. poʻlatning bir turi. Sifat jihatdan isfahon poʻlatidan (q. Bulat) soʻng 2-oʻrinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy poʻlat oʻtda qizdirilib, sandonga ikkisi ustmaust qoʻyiladi, bolgʻa va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxm. oʻndan bir qismi … Читать далее

BENSI

BENSI, Bensixu — Xitoyning shim. sharqidagi shahar. Tayszixe daryosi vodiysida, Lyaonin provinsiyasida. Bensidan Shenyan — Andun t. y. oʻtgan. Aholisi 751 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Toshkoʻmir, gilli slanes va temir rudasiga boy konchilik r-nining markazi. Bensi mamlakat qora metallurgiya va temir rudasi, metallsozlik sanoatining muhim markazlaridan. Temir rudasi, choʻyan, sifatli poʻlat, sement va … Читать далее

BADEN-VYURTEMBERG

BADEN-VYURTEMBERG — GFRning jan.-gʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, oʻrmonli togʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan. da Boden koʻli bor. Yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning … Читать далее

VEST-INDIYA

VEST-INDIYA (ing. West Indies – aynan Gʻarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shim. va Jan. Amerika materiklari oraligʻida. Bagama o. larini, Katta va Kichik Antil o. lari (q. Anshil orolpari) va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Shim. Amerikaga mansub. Umumiy mayd. 240 ming km2 ga yaqin. Aholisi … Читать далее

BORNIT

BORNIT (nemis mineralogi I. Born nomi bilan atalgan) — mineral. Kimyoviy formulasi Cu3FeS4. Yuqori va past haroratli xili bor. Singoniyasi kub (yuqori haroratli Bornit) va tetragonal (past haroratli Bornit). Yaxlit zich holatda koʻpincha shaklsiz donachalar shaklida uchraydi. Rangi qizgʻishkoʻngʻir, qoʻngʻirsariq. Oksidlanganda havorang, koʻk rangga oʻtadi. Tarkibida 52—65% mis va 8—12 % temir boʻladi. Metallsimon yaltiraydi. … Читать далее