AEROIONOTERAPIYA

AEROIONOTERAPIYA (aero… va yun. ion — keluvchi, terapiya) — havo ionlari bilan davolash usuli. Bunda maxsus asboblar — aeroionizatorlar ishlatiladi; ular yordamida havoda koʻplab aeroionlar hosil qilinadi. Aeroionlar nafas yoʻllari va oʻpka alveolalaridagi oʻz konsentratsiyasi va zaryadiga qarab, oʻpka interoretseptorlari — sezuv nervi uchlarining qoʻzgʻaluvchanligini oʻzgartiradi. Bu yerda hosil boʻlgan impulslar bosh miya markazlariga boradi, … Читать далее

ATSIDOFILIYA

ATSIDOFILIYA (lot. acidus — nordon, kislotali va… filiya) — hujayra sitoplazmasi va b. ichki elementlar yoki tolasimon tuzilmalarning kislotali boʻyoqlar (eozin, nordon fuksin va b.) b-n boʻyalish xususiyati. Asidofiliyadan qon hujayralarini bir-biridan farqlashda foydalaniladi.

AUSKULTATSIYA

AUSKULTATSIYA (lot. auscultatio – eshitish) — ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Mas, yurakurishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). A. tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, … Читать далее

ARTERIYALAR

ARTERIYALAR (yun. arteria — havo kanali) — yurak va aortadan chiqib, oʻpka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan soʻng vena tomirlariga oʻtib ketadi. Shu sababli Gippokrat arteriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qatʼi nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomiri … Читать далее

ANUS

ANUS, anal teshik — toʻgʻri ichakning oxirgi qismi — orqa chiqaruv teshigi. Anus dastavval mustaqil rivojlanib, keyin toʻgʻri ichakning pastki qismiga ochiladi. Baʼzan toʻgʻri ichak bilan Anus oʻrtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich boʻshalmaydi. Bunda jarrohlik yoʻli bilan parda teshiladi. Anus devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat boʻlib, vena qon tomiri chigʻallariga boy. Anusning … Читать далее

ALLERGOLOGIYA

ALLERGOLOGIYA (allergiya va logos — fan) — tibbiyot fanining bir boʻlimi; allergik kasalliklarning paydo boʻlishi sabablari, avj olish mexanizmi, belgilari, oddini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Allergologiya immunologiya b-n chambarchas boglangan, chunki allergiya immunologik mexanizmlar asosida kelib chiqadi. Allergologiyaning asosiy qismini klinik Allergologiya tashkil etadi. Allergologiyaning allergik reaksiyalarni oʻrganadigan — autoallergiya, immunopatologiya, shuningdek antitelolar keltirib … Читать далее

ATSIDOZ

ATSIDOZ (yun. acidus — nordon) — organizmda (qon va suyuqliklarda) kislota-ishqor muvozanatining buzilishi: bunda ishqoriy kationlar bilan kislota anionlari oʻrtasidagi nisbat oʻzgarib, anionlarning koʻpayib ketishi tomonga siljish roʻy beradi. Asidozning kelib chiqish sababiga koʻra, gazli, gazsiz, moddalar almashinuvi bilan bogʻliq va b. xillari farq qilinadi. Bunda organizmda normal sharoitda meʼyori bilan parchalanadigan va tezda chiqib … Читать далее

AURA

AURA (yun. aura — esish) — tutqanoq talvasasi tutishidan oldingi holat. Turli koʻrinishda sezgilar buzilishi sifatida namoyon boʻladi. Sensor (teri sezgisi) Aurasida badanning ayrim joylarida ogʻriq, noxush sezgi, uvishib qolish, bir narsa oʻrmalayotgandek sezgi va h. k. seziladi. Koʻrish A. sida koʻz oldida, turli shakllar va ranglar (mas, qon rangi), yongʻin, chaqmoq va b. paydo … Читать далее

ASKORBIN KISLOTA

ASKORBIN KISLOTA, vitamin S — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, igna bargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori t-rada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga … Читать далее