VERTIKAL PECh

VERTIKAL PECh — metalldan yasalgan uzun buyumlar va vertikal vaziyatda pastga yoki yuqoriga harakatlanadigan metall polosalarga termik ishlov (issiqlik ishlovi) berish uchun moʻljallangan vertikal qurilma. Metallurgiya va mashinasozlikda qoʻllaniladi. Vertikal pechning uzlukli va uzluksiz ishlaydigan xillari bor. Uzlukli ishlaydigan pechlar (shaxtasimon pechlar) da harbiy qurollarning stvollari, vallar, turbinalarning rotorlari va b. uzun buyumlar toblanadi va … Читать далее

BOYSUNTOGʻ

BOYSUNTOGʻ — Hisor togʻ tizmasining eng uzun jan. gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shim. sharkdan jan. gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). B. ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shim. sharqdan jan. gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 … Читать далее

BOYXALCHA

BOYXALCHA (Leontice albert: Reyel) zirkdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, tugunak ildizli oʻt. Poyasi bitta yoki bir nechta, boʻyi 20—30 sm. Bargi uch qoʻshaloq, har biri uzun bandli, yaprogʻi panjasimon kirqilgan. Guli sariq, toʻpguli — shingil. B. yerdan qor ketishi bilanoq koʻkarib chiqib gullaydi. Togʻli r-nlardagi butazor va daraxtzorlarda koʻllab oʻsadi, gullaganda oʻziga xos goʻzal manzara … Читать далее

VAZAMAR

VAZAMAR (3-a. 1-yarmi) — soʻnggi siyovushiylar sulolasidan boʻlgan xorazmshoh. Arsamux I ning vorislaridan. Vazamar davrida Xorazmda kumush tangalar zarb qilingan. Tangalarda shoh uzun soqolli, burgut koʻrinishidagi temir qalpoq kiygan holda tasvirlangan. Tangalardagi siyovushiylarning S shaklidagi tamgʻasi Xorazmning kushonlarpyaya siyosiy mustaqil davlat boʻlib ajralib chiqqanidan dalolat bergan. Пост Навигацияси

BIHISHTI

BIHISHTI, Behishti— oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8 — 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200— 250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa … Читать далее

VIXUXOLLAR

VIXUXOLLAR (Desmana) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumining bir urugʻi. Vixuxollar oilasiga kiradi. Vixuxol (Desmana moschata) Volga, Don va Ural daryolarida tarqalgan. Tuzilishi suvda yashashga moslashgan. Boʻyi 20 — 22, dumi 18—20 sm cha, hasharotxoʻr sut emizuvchilarning eng kattasi. Tumshugʻi uchida uzun xartumchasi, orqa oyoq panjalari orasida suzgich pardasi bor. Dumi tangachalar bilan qoplangan, dumi ostida … Читать далее

VIDSUK

VIDSUK (lot. via — yoʻl va duco — oʻtka-zaman) — yoʻllar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va b. bilan tutashadigan joylarga kuriladigan baland va uzun koʻpriksimon inshoot. Vidsuk metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, koʻp qulochli va shunga yarasha koʻp tayanchli boʻladi; ravoqsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda toʻsinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq … Читать далее

VERMISHEL

VERMISHEL (ital. vermicelli — chuvalchanglar) — bugʻdoy unidan qorilgan xamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. Vermishel uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam boʻlmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim Vermishel xamiriga tuxum qoʻshiladi. Qorilgan xamir vintli, gidravlik, shnekli yoki joʻvali presslarda 5—7 Mn/m2 (50—70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari boʻlgan panjara orqali oʻtkazilib, choʻziladi. Choʻzilgan xamir … Читать далее

BIJANAKLAR

BIJANAKLAR, pecheneglar, paszinaklar — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryosi boʻylari, Orol dengizi oraligʻidagi dashtlarda hamda Kaspiy dengizining sharqi va shim. da mil. 1-ming yillikning ikjinchi yarmida yashagan bir qancha turkiy qabilalar birlashmasi. Bijanaklar qad. Qangʻdavlati aholisi qangʻlilarta mansub boʻlganlar. 8-a. da Yoyiq va Itil daryolari oraligʻida yashovchi qangʻli, sarmat va b. qabilalarning birlashuvidan yirik … Читать далее

VELUM

VELUM (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki … Читать далее