VOBKENT MINORASI

VOBKENT MINORASI — Buxoro viloyati Vobkent sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir … Читать далее

BOSTIRIB SUGʻORISH

BOSTIRIB SUGʻORISH, yoppasiga sugʻorish — sugʻorish usullaridan biri. Tuproq sharoiti va yerning nishabiga qarab, sugʻoriladigan yer 0,1—0,25 ga kattalikdagi mayd. larga boʻlinadi, atrofiga 0,2—0,4 m balandlikda marza olinadi. Bostirib sugʻorish usuli faqattuproqshoʻrini yuvish, yaxob berish, sholi va bedani sugʻorishda qoʻllaniladi. Bostirib sugʻorish suvning ortiqcha sarflanishiga, tuproq tarkibining buzilishiga, yerning shoʻrlanishi va botqoklanishiga sabab boʻlgani uchun … Читать далее

VERMIKULIT

VERMIKULIT (lot. vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25-marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. V. gipergen jarayonida magniy-temirli … Читать далее

BEZAK SANʼATI

BEZAK SANʼATI — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak sanʼati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq … Читать далее

VEGETATSION USUL

VEGETATSION USUL — oʻsimliklar agrokimyosi va fiziologiyasiga oid i. t. ishlarida qoʻllaniladigan lab. usullaridan biri; vegetatsion idishlarga oʻtqazilgan oʻsimliklarni vegetatsion uy, issiqxona, oranjeriya, fitotron va b. da oʻstirish. Vegetatsion usul yordamida oziq moddalarning fiziologik roli, ularning oʻsimliklarga kirib borishi, muhit reaksiyasining (rN) ahamiyati, sugʻorish normasi, oʻsimlikning oziq eritmasi konsentratsiyasi, t-ra, kimyoviy himoya vositalari, gerbitsidlarga munosabati … Читать далее

BRIOLOGIYA

BRIOLOGIYA (yun. bryon — yoʻsin, mox va logos — taʼlimot) — botanikaning yoʻsinlarni oʻrganuvchi boʻlimi. Briologiya soʻnggi yillarda alohida fan sifatida rivoj topdi. Hoz. vaqtda Briologiyaning briotsenologiya, brioskologiya, briogeografiya, briofiziologiya kabi sohalari bor. B. torf hosil boʻlishi, yoʻsinlar oʻsgan yerlarda astasekin tuproq hosil boʻlishi kabi xoʻjalik uchun ahamiyati katta jarayonlarni oʻrganadi. Пост Навигацияси

BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ

BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ — Oʻzbekistonning sur tuproq mintaqasi va sahro zonasida tarqalgan tuproq. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxon va b. dare vodiylarida hamda Sux, Isfara, Margilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soy va kichik daryolarning qayirlaridagi pastqam joylarda, yaʼni yer osti suvi yuza joylashgan qismida uchraydi. Bu pastqamliklar odatda mexanik tarkibi jihatdan ancha ogir yotqiziqlardan iborat. Ularda botqoqi … Читать далее

VODOROD KOʻRSATKICH

VODOROD KOʻRSATKICH, rN — eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining oʻnlik manfiy logarifmida olingan qiymati. Bu son V. k. deb ataladi va rN bilan belgilanadi: rN= — lg[H+]. Toza suvda yoki neytral muhitdagi suvli eritmada 25° da vodorod ionlari [N+| va gidroksid ionlari [N~] ning konsentratsiyalari teng: [N+|=[ON-]=110-7. Shu t-radagi N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalarining koʻpaytmasi: % … Читать далее

VIDSUK

VIDSUK (lot. via — yoʻl va duco — oʻtka-zaman) — yoʻllar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va b. bilan tutashadigan joylarga kuriladigan baland va uzun koʻpriksimon inshoot. Vidsuk metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, koʻp qulochli va shunga yarasha koʻp tayanchli boʻladi; ravoqsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda toʻsinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее