ASPERGILLYOZ

ASPERGILLYOZ (Aspergillosis) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻi (aspergillar) qoʻzgʻatadigan kasallik. A. da kaysi aʼzo zararlanganligiga qarab kasallik belgilari turlicha namoyon boʻladi. Mas, teri A. ida asosan teri zararlanadi, unda tuguncha, yara va infiltratlar paydo boʻladi. Aspergillyoz bilan asosan parrandalar, qisman sut emizuvchilar kasallanadi. Bu kasallikka parrandalar ichida oʻrdak va gʻoz koʻproq, tovuq, kurka, kaptar, … Читать далее

ATSIDOFIL ORGANIZMLAR

ATSIDOFIL ORGANIZMLAR (lot. acidus—nordon, kislotali va fileo — sevish) — kislotali muhitda yashay oladigan organizmlar. Mas, sut kislotali va sirka kislotali bakteriyalar. Oziq-ovqat sanoatida, xususan sutli mahsulotlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

AMPUTATSIYA

AMPUTATSIYA (lot. amputatio — kes-moq) — qoʻl-oyoqning periferik qismini yoki biror aʼzoni, mas, sut bezi, toʻgʻri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiyasi, gangrena, ogʻir shikastlanish va b. hollarda qoʻllaniladi. Qoʻl-oyoq yoki uning bir qismini boʻgʻimdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. Amputatsiya qad. dan maʼlum. Hoz. zamon tibbiyoti jarohatning yiringlanib yalligʻlanishiga yoʻl … Читать далее

AMMON

AMMON — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻn-teri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut z-dlari, qandolatchilik f-kasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Unt, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda … Читать далее

ALKOR

ALKOR, togʻzira (Athamanta macrophylla) — ziradoshlar oilasiga mansub oʻq ildizli koʻp yillik rezavor oʻsimlik. Boʻyi 1—2 m. Yoshiga qarab har yili bittadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. Toʻpgullari soyabon, murakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul boʻladi. Ildizi yoʻgʻon. Urugʻlari mayda, tuxumsimon, uz. 4—6 mm. Alkor iyun — iyulda gullaydi, … Читать далее

APILAK

APILAK, asalari suti — ishchi asalarilarning beli va koʻkrak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sargʻish quruq kukun. Biologik stimulyator xususiyati bor. A. tibbiyotda bolalarning gipotrofiya, kattalarning gipotoniya kasalliklarini hamda ayellardagi laktatsiya (sut hosil boʻlishi)ning buzilishini davolashda qoʻllaniladi. Apilak atir-upa sanoatida ham ishlatiladi. Uning tarkibida oqsil, qand, yogʻ, mineral tuzlar, vitaminlar va D … Читать далее

ANGOR ECHKISI

ANGOR ECHKISI — echkining qimmatli serjun zoti. Angor echkisining vatani Turkmanistonning gʻarbi. Turkmanlarning bir qismi 13-a. da bu yerdan Kichik Osiyoga koʻchib borgan va natijada hoz. Turkiyaning Angora (Anqara) viloyati Angor echkisini urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. 19 – a. dan AQSH, Afrikadagi ayrim mamlakatlar, Avstraliyada boqiladi. … Читать далее

ANAL BEZLAR

ANAL BEZLAR — sut emizuvchi hayvonlarda teri bezlarining maxsus guruhi boʻlib, orqa ichak boʻshligʻiga yoki anal teshik yoniga ochiladi. Ter va yogʻ bezlaridan hosil boʻladi. Asosan sassiq modda chiqarib, dushmanlarini choʻchitishga yoki hayvon egallab turgan maydonni belgilashga xizmat qiladi.

ARALASH SILOS

ARALASH SILOS — turli ozuqabop oʻsimliklarning koʻk poyasi, doni, ildizmevalarini konservalash (surlash) usuli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, choʻchqa va yosh buzoqlarni boqishda qoʻllaniladi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, koʻk beda, kartoshka, qovoq va b. ning palaklari ishlatiladi. Aralash silos namligi 60 —70%, rN … Читать далее

ANKILOSTOMIDLAR

ANKILOSTOMIDLAR (Ankylostomatidae) — strongilidlar turkumiga mansub toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Uz. 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogʻiz boʻshligʻida joylashgan kutikula tishlari yordamida xoʻjayinining ichagi devoriga yopishib oladi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. 70 ga yaqin turi maʼlum, koʻproq tropik va subtropik mintaqalarda uch-raydi. Odamlarda oʻn ikki barmoq ichak ankilostomasi (Ankylostoma duodenale) va … Читать далее