BAROTRAVMA

BAROTRAVMA (baro… va travma) — havo bosimining keskin oʻzgarishi natijasida oʻzida havo saqlaydigan aʼzolar (nogʻora parda, oʻrta quloq, burunning yondosh boʻshligʻi, oʻpka) ning shikastlanishi. Toʻsatdan burun va qalqumdan qon kelishi bunga misol boʻla oladi. Atmosfera bosimi astasekin oshib borsa, quloq pardasiga hech qanday taʼsir etmaydi, chunki bunday hollarda bosim quloq pardasining ikkala tomonida (tashqi eshituv … Читать далее

BABEZIOZ

BABEZIOZ, babeziyellyoz — qoramol, qoʻy va echkilarda Babesia turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik. B. hayvonlarga kanalar orqali yuqadi. Kasallikning kechishi 4—8 sutka. Kasallangan hayvonning tana harorati keskin koʻtariladi, tez ozadi, suti kamayadi, baʼzan suti rangi qon aralash sargʻayadi, mazasi taxir boʻladi. Kasallik katta hayvonlarda ogʻir kechadi. Hayvonlarning koʻpi nobud boʻladi. Asosan yoz—kuz … Читать далее

VENEPUNKSIYA

VENEPUNKSIYA (venalar va lot. punctio — sanchish) — diagnostika (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga nina sanchish. Agar venaga punksiya orqali kateter qoʻyilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Koʻpincha oʻmrov osti va uyqu venalari punksiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli ogʻir bemorga surunkasiga va koʻp … Читать далее

VAZOPRESSIN

VAZOPRESSIN (lot. vas — tomir va presso — bosaman) , antidiuretik gormon — gipotalamusda hosil boʻladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga koʻra polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga taʼsir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta soʻrilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi (antidiuretik taʼsir). Vazopressin gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil boʻlib, nerv tolalari … Читать далее

BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

VOHIDOV Vosit Vohidovich

VOHIDOV Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston t. – 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975-y. dan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va … Читать далее

BADANNI ARTISH

BADANNI ARTISH — salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan choratadbir; davo-profilaktika muolajasi; bunda suvga hoʻllangan dagʻal sochiq bilan butun gavda yoki uning ayrim qismlari (qoʻl, oyoq va b.) ni tez va kuch bilan artib, keyin teri qizarguncha quruq sochiq bilan ishqalanadi. Kuniga Badanni artish, bunda suv haroratini 30 — 32° dan 18—20° gacha pasaytirib borish yaxshi … Читать далее

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekinasta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b. ; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari … Читать далее