YANSHAO MADANIYATI

YANSHAO MADANIYATI — Shim. Xitoydagi arxeologik madaniyat (mil. av. 4—3-ming yillik). Xenan, Shansi, Shensi viloyatlari, shuningdek, Xuanxe daryosining oʻrta oqimi boʻylarida tarqalgan. 1921 yil shved arxeologi Yu. G. Anderson tomonidan Yanshao qishlogʻi (Xenan)dan chiqqan topilmalarga koʻra, shunday atalgan. Yanshao manzilgoxlari daryo terrasalarida joylashgan; markazda — jamoa binosi, atrofida — kvadrat va dumaloq shaklda devori boʻlgan, … Читать далее

YANSZI

YANSZI, Chanszyan, Yansziszyan, Koʻk daryo — Yevrosiyo materigidagi eng uzun va sersuv daryo, Xitoyda. Uz. 5800 km, havzasining mayd. 1808,5 ming km2. Tibet togʻligidan, 5300 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi va delta hosil qilib (mayd. 80 ming km2) Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladi. SinaTibet togʻlarida chuqur daralardan sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Bu qismida oqim tezligi … Читать далее

YAYLOV YOʻLI

«YAYLOV YOʻLI», «Oltin yoʻli» — Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozogʻiston yaylovlari orqali oʻtib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yoʻlining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yoʻl ham Buyuk ipak yoʻli deb atalmoqda. Yoʻlning «oltin yoʻli» deb atalishi uning qadim zamondagi Oltin togʻ, yaʼni Oltoy togʻ etaklarida joylashgan yaylovlardan oʻtganligi bilan bogʻliqdir. Hun imperiyasi, … Читать далее

YOZUV

YOZUV — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv — kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga … Читать далее

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI — RF Xabarovsk oʻlkasining jan. gʻarbidagi muxtor viloyat. 1934 yil 7-mayda tashkil etilgan. Amur daryosi boʻyida. Janubiy da Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 36 ming km2. Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga boʻlingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. … Читать далее

YADRO QUROLI

YADRO QUROLI — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaktda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish … Читать далее

YENGIL ATLETIKA

YENGIL ATLETIKA — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp b-n), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000-y. gi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, … Читать далее

YAPON YOZUVI

YAPON YOZUVI — soʻzboʻgʻinli (ideografiksillabik) aralash yozuv; bunda iyerogliflar va boʻgʻinli belgilar qoʻshilib ketadi. Yapon tilidagi matnlarni yozishda qoʻllanadi. Hozirgi Yapon yozuvi tizimida, asosan, 2 turli belgilar: soʻzbelgilar — iyerogliflar (yaponcha «kandzi» — xitoy yozuvi) va boʻgʻinli belgilar («kana»lar) qoʻllanadi. Bugungi kunda bu tizimga yana fonemaviy belgilar — lotin alifbosi (yaponcha «romadzi» — rim yozuvi) … Читать далее

YANG

YANG (Yan Chjennin) (1922.22.9, Xefey, Xitoy) — xitoy fizigi; AQSH da ishlagan. AQSH Milliy FA aʼzosi (1965), prof. (1955). Milliy untni tugatgan (1942). Falsafa fanlari d-ri (1948). Chikago untida (1948—49), Prinston untida (1949—65) ishlagan. Nyu-York un-ti prof. (1966) va Nazariy fizika instituti direktori (1967-yildan). Ilmiy ishlari statistik fizika, maydon kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasiga oid. … Читать далее

YARMARKA

YARMARKA (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Yarmarka larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Yarmarka universal, koʻp tarmoqli … Читать далее