BURJIYLAR

BURJIYLAR — Misrda hukmronlik qilgan pkkm mamluklarsupopaol (1382 — 1517)dan ikkinchisi. Misr sultoni Qalovun (AlMalik alMansur) ularni Qohira qalʼasining burjiga (minorasiga) joylashtirgani boisidan shunday deb atalganlar. Sulola vakillari: AlMalik azZohir Barquq (1382-89, 1390-99), AlMalik anNosir Faraj (1399-1405, 140512), AlMalik alMansur Abdulaziz (1405), [AlXalifa alMustaʼiyn (1412)|, AlMalik alMuayyid Shayx (1412—21), AlMalik alMuzaffar Ahmad II (1421), AlMalik … Читать далее

VAHIY

VAHIY — islom aqidasiga koʻra, paygʻambarlarga farishtalar orqali Alloh tarafidan yuborilgan buyruq yoki koʻrsatmalar. Vahiy aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin baʼzi Vahiylar tushda koʻrilgan ishorat shaklida ham boʻlgan. Mac, hazrat Ibrohim (as)ning tushida «oʻgʻling Ismoil (as) ni qurbonlik qil» deb buyurilgani ham Vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil boʻlganligi … Читать далее

BRITANIYA MUZEYI

BRITANIYA MUZEYI — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753-y. da asos solingan, 1759-y. dan ishga tushgan (binosi ingliz soʻnggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, meʼmor R. Smyork; qiroatxona binosi, 1854—57, meʼmor S. Smyork). Britaniya muzeyida ibtidoiy sanʼat (asosan Britaniya orollari sanʼati), Qad. Misr va Mesopotamiya (Rozetta toshi, Ur sh. obidalari), Yunoniston va … Читать далее

VALIAHD

VALIAHD (arab. — toju taxt merosxoʻri. voris) — podshoh yoki xonning tiriklik chogʻida oʻz xohishi yoxud kasalligi tufayli oʻz oʻrniga tayin qilgan shaxs. V. uning oʻgʻli yoki boshqa bir kishi ham boʻlishi mumkin. Valiahd podshoh yoki xonning karoridan keyin maxsus davlat kengashida (unda sayyidlar, nufuzli amir va mansabdorlar, podshoh yoki xonning balogʻatga yetgan yaqin qarindoshlari … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

BIRJONIY

BIRJONIY — Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn alHusayn (?—taxm. 1525) — falakiyotshunos va huquqshunos olim. Ulugʻbek akademiyasi vakillaridan biri. Birjoniy mat. dan inoq sonlarga bagʻishlab «Doʻstlarga doʻst sonlarni tushuntirish uchun qoʻllanma» nomli asar, Naysaburiy (14-a. boshi) ning «Hisob haqida quyosh risolasi»ga, Ulugʻbekning «Ziji»ga, N. Tusiyning «AlMajistiyning bayoni», «Usturlobni bilish haqida yigirma bob» asarlariga, Qozi … Читать далее

GUMBAZI SAYIDON

GUMBAZI SAYIDON («Sayidlar gumbazi» maqbarasi) — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Ulugʻbek qurdirgan (1437 — 38). Maqbara chortoq tarx,li (tashqi oʻlchami 9X9 m, ichki tomoni 5,75×5,75 m), poygumbazi sakkiz qirrali (prizmasimon), gumbaz bilan qoplangan. Peshtogʻi va tashqi tomon gumbazi qulab tushgan (hoz. gumbazi qayta tiklangan). Poygumbazidagi girih va islimiy naqshlar orasida kufiy yozuvi bitilgan. Maqbara ichki devorlaridagi … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

BOBON QOʻZGʻOLONI

BOBON QOʻZGʻOLONI — Zarafshon vohasida chorizm mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni (1869-y. okt. — 1870-y. sent.). Rahbari — Bobon Aliboyev (Bobon Toʻqsabo). U Qoraqursoq qishlogʻidan boʻlib, rus podsho chinovniklari, amir va uning amaldorlari, jumladan Ziyouddin tuman begi Muhammad Yusufboy dodxohning behad zulmiga qarshi bosh koʻtarib, oʻz atrofiga kambagʻal dehqonlarni toʻplay … Читать далее

BIBIXONIM MADRASASI

BIBIXONIM MADRASASI — Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) «oʻz onasi sharafi»ga (Klavixo) 14-a. oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi taʼkidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba oʻqigan. Bibixonim madrasasi Bibixonim jome mayejidinint kirish peshtogʻi qarshisida joylashgan. Lekin jome mayejididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi Gʻiyosiddin Alining «Amir Temur 1399-y. 10-mayda madrasada toʻxtab … Читать далее