YOPINCHIQ

YOPINCHIQ — ayollar boshi ustidan yopadigan kiyim; ayollar qomatini kishi koʻzidan yashirib turadigan keng toʻrtburchak shaklidagi mato. Rangbarang ip (ipak) bilan kashta tikib, piston, nozik, koʻzlar qadab bezatiladi. Toʻylarda va koʻchaga chiqqanda Yopinchiq tutilgan. Yopinchiq kishilik kiyimi boʻlishi bilan birga kelinlar sepiga ham kiritilgan, nikoh libosining asosiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston hududida Yopinchiqning paranji, sarandoz, jelak … Читать далее

YEVNUXOIDIZM

YEVNUXOIDIZM (yun. eunuchos — bichilgan odam) , erkaklarda — hezalaklik, ayollarda — erkakchalishlik — jinsiy bezlarning tugʻma kamchiligi yoki jarohatlanishi, yoxud gipofizdan gonadotrop gormonlar kam chiqishi sababli roʻy beradigan kasallik. Erkaklarda koʻproq uchraydi. Yevnuxoid gigantizm va yevnuxoid semirish (yogʻ bosish) degan ikki turi bor. Odatda, aralash xili uchraydi. Belgilari: boʻy oʻsib ketadi, skelet nomutanosib oʻsadi … Читать далее

YUG

YUG — RFning Yevropa qismidagi daryo, Vologda va Kirov viloyatlari hududida. Shim. Dvina daryosining oʻng bosh irmogʻi. Uz. 574 km, havzasining mayd. 35,6 ming km2. Yuqori qismida tor va chuqur vodiyda, serostona va sayoz joylari koʻp oʻzanda oqadi. Quyi qismida daryoning vodiysi va oʻzani ancha keng. Yug, asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YAZGʻULOM

YAZGʻULOM — Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Yazgʻulom tizmasining shim. yon bagʻrida joylashgan Yazgʻulom va Vanj togʻlari orasida tor oʻzanda oqib oʻtib Panj daryosiga quyiladi. Uz. 80 km, havzasining mayd. 1970 km2. Yuqori qismida Rakzou, undan pastroqda (Obirakeru irmogʻining quyilish joyiga qadar) Mozordara deb ataladi. Yazgʻulom muz va qor … Читать далее

YUQORI TEMPERATURALAR

YUQORI TEMPERATURALAR — tor maʼnoda — xona t-rasi (300 K) dan yuqori tralar; bunga erishish uchun qandaydir qizdirish usulidan foydalaniladi. Metall oʻtkazgichlarni elektr toki bilan bir necha ming kelvingacha, alanga yordamida esa 5000 K gacha qizdirish mumkin, gazlardagi elektr razryadi paytida oʻnlab mingdan millionlab K gacha, lazer nuri yordamida esa bir necha mln. K. gacha … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

DENGIZ NILUFARLARI

DENGIZ NILUFARLARI (Crinotdea) — ninaterililar sinfi. Koʻrinishi gulga oʻxshash, erkin yashaydi (poyachasizlar) yoki oʻtroq hayot kechiradi (poyachalilar). Tanasi likopchasimon markaziy diyekdan va undan tarqaladigan, koʻpincha koʻp marta shoxlanadigan 5 ta nurdan iborat. Poyachali Dengiz nilufarlarining mar-kaziy diski asosida suv tubiga yopishishiga yordam beradigan, uz. 1 m cha keladigan poyachasi boʻladi. Poyachasiz Dengiz nilufarlari rang-barang boʻlib, … Читать далее

YADRO FIZIKASI

YADRO FIZIKASI — fizikaning atom yadrosi tuzilishini va ularning xossalarini, radioaktiv yemirilish va yadro reaksiyasi mexanizmini oʻrganuvchi boʻlimi. «Yadro fizikasi» atamasiga umumiy maʼno berib, Yadro fizikasiga koʻpincha elementar zarralar fizikasi ham kiritiladi. Baʼzan texnikaning mustaqil tarmoqlariga aylangan tadqiqot yoʻnalishlari, mas, tezlatish texnikasi (q. Tezlatkichlar), yadro energetikasi ham Yadro fizikasi boʻlimlari hisoblanadi. Umuman Yadro fizikasi atom … Читать далее

YOʻL BELGILARI

YOʻL BELGILARI — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham … Читать далее