QARIQIZ

QARIQIZ — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik begona oʻglar turkumi. Yevrosiyoning moʻtadil ikdimli mintaqalarida 10 turi maʼlum. Oʻzbekistonda uchraydigan bir yillik yalangʻoch urugʻli Qariqiz turi (A.1eyu$regtshp ]xxg ye1. 8eg§.)ning poyasi tik, olabula qirrali, xira qizgʻish, serbarg. Boʻyi 60—150 sm, barglari yirik, bandli, usti yashil, osti kulrang momiq tukli. Ildiz oldi barglarining boʻyi 50 sm gacha, … Читать далее

GUL

GUL (flos) — yopiq urugʻli oʻsimliklar (q. Gulli oʻsimliklar)ning generativ (jinsiy urchish) organi. Gul oʻsishi cheklangan, shaqli oʻzgargan novda hisoblanadi Gul gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan tashkil topgan. Kosachabarglar — G. ning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, oʻsimlik turiga qarab soni har xil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (marmarak, rayhon, noʻxat … Читать далее

BOʻZNOCH

BOʻZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40—45 sm, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq boʻlib, poya uchida murakkab qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sent. gacha gullaydi. Togʻ yon bagʻirlaridagi qiyaliklarda oʻsadi. Poyasi, bargi va … Читать далее

DASTORBOSH

DASTORBOSH (Tanacetum) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi: oddiy Dastorbosh (T. vulgare) va togʻ Dastorbosh (T. pseudoachillea S.) uchraydi. Oddiy Dastorbosh boʻyi 150 sm gacha boʻlgan sershox oʻsimlik. Barglari patsimon, bandli va bandsiz. Gullari sariq, qalqonsimon toʻpgul. Mevasi — pista. Toʻpguli tarkibida efir moyi, alkaloidlar, flavonoidlar va b. moddalar bor. … Читать далее

GʻUMAY

GʻUMAY — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi silliq, boʻyi 2 m gacha oʻsadi. Barglari choʻziqnashtarsimon, poya uchida koʻp boshokli choʻzinchoq roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyul-avg. da gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 2—4 minggacha urug beradi. Urugʻi tangacha qobiqli boʻlib, tuproqda 3—4 yilgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. 30—35° optimal t-rada yaxshi unadi. Iddizpoyasi oq rang … Читать далее

BOSHOGʻRIQOʻT

BOSHOGʻRIQOʻT (Achillea santolina L.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—30 sm. Bargi ensiz, patsimon. Guli sariq. Gul savatchalari poya uchida qalqrnsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. May—iyulda gullab, avg. da urugʻi pishadi. Togʻ etaklari, choʻl va adirlarda tarqalgan; ariqlar boʻyida, yoʻllar yaqinida, shuningdek begona oʻt sifatida ekinlar orasida ham oʻsadi. Quritilmagan Boshogʻriqoʻtda 0,056—11% … Читать далее