ZAHARLI JONIVORLAR

ZAHARLI JONIVORLAR — boshqa organizmlar uchun doimo yoki vaqtinchalik zaharli boʻlgan moddalarni oʻz organizmida saqlovchi jonivorlar. 5 mingga yaqin turi maʼlum. 3. j. dan ilonlar, chayonlar, oʻrgimchaklar, malhamchi qoʻngʻizlar va b. yaxshi oʻrganilgan. Bir xil 3. j. (ilonlar, oʻrgimchaklar, chayonlar)ning zahar ishlab chiqaradigan maxsus bezlari bor; boshqalarida (qoʻngʻizlar, qandalalarda) zaharli modda u yoki bu xildagi … Читать далее

ICHAKDAN NAFAS OLUVCHILAR

ICHAKDAN NAFAS OLUVCHILAR (Enteropneusta) — chalaxordalilar sinfi, tuban ikkilamchi ogʻizlilar-dan. Bir qancha belgilari ularni ignaterililar va pagonoforalarga yaqinlashtiradi. Uz. bir necha sm dan 2,5 m gacha. Tanasi chuvalchangsimon, xar-tum, yoqacha va boʻlimlardan iborat. Xartumida toq, boshqa tana boʻlimlarida bir juftdan selomik boʻshliqlari bor. Qiziloʻngach devorida 2 qator jabra yoriqlari boʻladi (nomi ana shundan olingan). Ogʻzi … Читать далее

BALIQLAR

BALIQLAR (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan Baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan Baliqlarning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini … Читать далее

YASHIRIN JABRALILAR

YASHIRIN JABRALILAR, ulkan salamandralar aye) — dumli suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Tuban tuzilgan ikkilamchi suv hayvonlari, hozirgi suvda va quruqlikda yashovchilarning eng yirigi. Gavdasining uz. 1,8 m va undan uzunroq, vazni 65 kg gacha. Tanasi yassi, boshi katta va yapaloq, ogʻzi keng. Koʻzlari juda kichik, qovoqsiz. Oldingi oyoqlarida 4 ta, keyingisida 5 tadan barmoq … Читать далее

YAXLIT BOSHLILAR

YAXLIT BOSHLILAR, yaxlit bosh suyaklilar — togʻayli baliqlar kenja sinfi. Skeleti togʻaydan iborat. Yuqori jagʻ suyagi yaxlit. Yuqori jagʻ togʻayli bosh qutisi bilan qoʻshilib ketgan (golostiliya, nomi shundan). Terisi yalangʻoch, baʼzan tishchalar yoki tangachalar bilan qoplangan. Tishlari naysimon dentin, emalsiz, koʻpincha qoʻshilib plastinka hosil qiladi. Jabra yoriqlari 2 juft, teri burmalari bilan yopilgan. Yaxlit boshlilarning … Читать далее

YEVSTAXIY NAYI

YEVSTAXIY NAYI — quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda yutqunni oʻrta quloq boʻshligʻiga tutashtiradigan kanal. 1563-y. da italyan olimi B. Yevstaxiy (1510—74) tasvir etgan. Oʻrta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi. Yevstaxiy nayi jabra yorigʻining rudimentidan kelib chiqqan. Timsoqlarda oʻzaro tutashuvchi kanallarning murakkab sistemasini hosil qiladi. Ilonlarda oʻrta quloq reduksiyalangani uchun Yevstaxiy nayi yoʻq. … Читать далее