YER TUZISH LOYIHASI

YER TUZISH LOYIHASI — yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Ye. t. l. 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xzokjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Yer tuzish loyihasi l . da bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtayi nazari va yer … Читать далее

YEVKLID GEOMETRIYASI

YEVKLID GEOMETRIYASI — mil. av. 3-a. da Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (toʻgʻri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi 5 guruh (bogʻlanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, toʻgʻri chiziq, … Читать далее

YUNUS

YUNUS — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun, yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot … Читать далее

YILNOMA

YILNOMA, solnoma — tarixiy asar. Y., odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi boʻlgan qalam axli tomonidan yoziladi. Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud boʻlib, 8-a. dan boshlab hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa — «hijriy qamariy», … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

DARVESh MUHAMMAD

DARVESh MUHAMMAD ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (16-a.) — xattot, husnixat nazariyotchisi. Fors tilida bitgan «Favoyid ul-xututi» («Xatlar foydalari») risolasining 4 nusxasi OʻzFASHI jamgʻarmasida (inv. № 2617, 2606, 2383, 9038) saqlanadi. Asar 2 qismdan iborat boʻlib, 1-qismida yozuvning paydo boʻlishi, xat usuli yaratuvchilarining tarjimayi holi, arab yozuvining 14 xil usuli va ularning kelib chiqishi, atamalar va ularning … Читать далее

BILQIS

BILQIS — Qurʼonda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida bayon etiladi. Qurʼonda Sulaymon paygʻambarning ulugʻvorligini taʼriflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borganligini va u yerda «hamma narsa ato etilgan» xotin hukmronlik qilayotganligini, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sigʻinayotganligini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga … Читать далее

VENA KONVENSIYALARI

VENA KONVENSIYALARI (1961 va 1963) — diplomatik va konsullik munosabatlariga bagʻishlangan konvensiyalar. Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi 1961-y. 18 apr. da Vena sh. da, diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari boʻyicha BMT konferensiyasida qabul qilingan. Davlatlar boshliqlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalar maqomi va vazifalarini belgilab beruvchi bu asosiy xalqaro huquqiy hujjat 53 moddadan iborat boʻlib, jumladan davlatlar … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI, Besutun katibalari — Doro topshirigʻiga muvofiq Hamadon viloyatidagi Kirmon sh. yaqinida qoyaga bitilgan yozuv va tasvirlar. U bitta katta va bir necha mayda kitobalardan iborat. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.)k. mixxat bilan qad. forsiy, elamiy hamda bobuliy yozuvda bitilgan. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.) k. ni sharqshunos G. Raulinson oʻrganib, koʻchirib, tarjima qilgach, ilm … Читать далее