GELIOTEXNIKA

«GELIOTEXNIKA» — Oʻzbekistan FAning xalqaro ilmiy texnika jurnali. 1965-y. dan nashr qilina boshlagan. Ikki oyda bir marta rus tilida chiqariladi. «Geliotexnika» «Allerton Press» Inc firmasi (AQSH) tomonidan ingliz tiliga oʻgirilib nashr qilinadi va butun dunyoga tarqatiladi. Jurnal quyosh radiatsiyasi va uning konsentratsiyasi (toʻplanishi)ga doir tadqiqotlar, kuchli nur oqimlarining moddalarga taʼsiri, quyosh energiyasini boshqa tur energiyaga … Читать далее

GENETIK INJENERIYA

GENETIK INJENERIYA — molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy … Читать далее

BIR YILLIK EKINLAR

BIR YILLIK EKINLAR — rivojlanish sikli (urugʻi ekilgandan to yangi urugʻ yetilguncha boʻlgan davr)ni bir yilda tugallaydigan oʻsimliklar. Bularga dukkaklilar, gʻalladon ekinlari, pomidor, baklajon, qalampir, ismaloq, salat va b. kiradi. Bir yillik ekinlar, asosan, oʻtsimon boʻlib, mevalari (urugʻi) pishib yetilgandan soʻng poya va palaklari quriydi. Ayrimlarini iqlim sharoitiga qarab koʻp yillik ekin sifatida oʻstirish ham … Читать далее

BEGONA OʻTLAR

BEGONA OʻTLAR, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsi-shi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. B. oʻ. madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Jahoi miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va b. ekinlar hosilining … Читать далее

GOLBAX

GOLBAX (Holbach) Pol Anri (1723, Geydesgeym, Pfals — 1789.21.6, Parij) — fransuz faylasufi, D. Didro va K. Gelvetsii safdoshi, «Ensiklopediyami yaratishda qatnashgan. Fransuz materializmi va ateizmining asosiy asari hisoblangan «Tabiat tizimi yoki Tabiiy va ruhiy olam qonunlari toʻgʻrisida» kitobini yozgan, unda sensualizm, determinizm va ateizm izchillik bilan qisqa bayon qilinadi, materiya abadiy va yaratilmagan deb … Читать далее

BAKTERIYALAR

BAKTERIYALAR (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B. da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. Bakteriyalar koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. Bakteriyalarning koʻp turi … Читать далее

GIPPOKRAT

GIPPOKRAT (Hippokrates) (mil. av. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya) , Buqrot, Abuqrat — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. Gippokrat asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻtabar qullanma boʻlib keldi. Gippokratga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. … Читать далее

YURAK POROKLARI

YURAK POROKLARI — yurakning anatomik tuzilishidagi turgʻun nuqson, kamchilik va oʻzgarishlar; normal qon oqimiga xalaqit beradi. Tugʻma va orttirilgan Yurak poroklari farq qilinadi. Tugʻma Yurak poroklari homila yuragi va yurak yirik tomirlarining embrional rivojlanish davrida notoʻtri shakllanishi natijasida roʻy beradi. Homiladorlikning ilk davrida ona organizmining zaharlanishi, baʼzi kasalliklar bilan ogʻrishi, ionlovchi nurlarning biologik taʼsiri, irsiy … Читать далее

YETARLI ASOS QONUNI

YETARLI ASOS QONUNI — har bir fikrning asosli, isbotlangan boʻlishi, boshqa fikrlar bilan zaruriy bogʻliqligi haqidagi mantiqiy qonun. Unda qar qanday chin fikr asoslangan boʻlmogʻi, yaʼni uning chinligi boshqa chin fikr bilan asoslangan, undan mantiqiy kelib chiqqan, u bilan isbotlangan boʻlishi lozim. Aks holda fikrdagi izchillik, mantiqiy tartib buziladi. Yetarli asos qonuni obyektiv munosabatlarni, xususan, … Читать далее

YER TUZISH

YER TUZISH, yer tuzish tartibi — mamlakatda yerga boʻlgan munosabatlarni tartibga solish va mukammallashtirish, yerni i. ch. vositasi sifatida muhofaza qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi. Yerdan toʻliq ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, dehqonchilik madaniya-tini oshirish va yerlarni muhofaza qilish maqsadlarini koʻzlaydi. Yer tuzish loyiha qidiruv, joy tafsilotini … Читать далее