VIVEKANANDA

VIVEKANANDA Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 y. larda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893-y. vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897-y. «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining … Читать далее

BETSON

BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. «Genetika» atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij unti prof. (1908—10). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. «Borliq — yoʻqlik» nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib … Читать далее

BUYUK ELCHILIK

BUYUK ELCHILIK — Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzysh, xorijiy mutaxassislarni ruslar xizmatiga taklif qilish va qurolyarogʻ sotib olish maqsadida Rossiyaning Gʻarbiy Yevropaga qilgan elchiligi (1697—98). Rahbari — Pyotr I (Pyotr Mixaylov nomi ostida) boʻlgan. «Buyuk elchilar»: F. Ya. Lefort, F. A. Golovin, P. B. Voznitsin. Mulozimlari 250 kishidan iborat boʻlgan. Boltiqboʻyiga ega boʻlish uchun kurashga … Читать далее

BUXKINO

«BUXKINO» — Oʻrta Osiyodagi birinchi kino tashkiloti. BXSR bilan Leningrad «Sevzapkino» tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma asosida tashkil qilingan (1924.21.4). Badiiytashviqiy, ijtimoiyxronikal filmlar i. ch., ularni ijaraga olish, sotib olish, kinoteatrlar qurish va ishlatish kabi masalalar bilan shugʻullangan. «Buxkino» oʻz faoliyati davomida respublikada boʻlayotgan muhim voqealarni aks ettiruvchi «Buxoro madaniy qurilish yoʻlida», «Oʻrta Osiyo boʻylab», «Moskvada Buxoro … Читать далее

VAGNER

VAGNER (Wagner) Adolf (1835. 25.3, Erlangen — 1917. 8.11, Berlin) — nemis iqtisodchisi, 23 yoshidan Freyburg, Gamburg, Vena, Berlin un-tla-rida moliya va siyosiy iqtisod kafedra prof. Siyosiy iqtisoddagi ijtimo-iy-huquqiy maktab asoschilaridan biri. Vagner tovar qiymati bilan isteʼmol qiyma-ti urtasidagi ziddiyatni rad etadi va «umumiy qiymat tushunchasi»ni taklif qiladi. U iqtisodiy inqirozlarni kapitalizm tabiatidagi ziddiyatlar bilan … Читать далее

VULKANIZATSIYA

VULKANIZATSIYA — 1) kauchukni rezinaga aylantirish jarayoni. Vulkanizatsiya agentlari (oltingugurt, organik peroksidlar, baʼzi sintetik smolalar) ishtirokida yoki ionlovchi radiatsiya taʼsirida amalga oshiriladi. Vulkanizatsiyada plastik kauchukning barcha fizik-mexanik xossalari yaxshilanib, rezinaga aylanadi. Kauchukni oltingugurt bilan ishlash natijasida toʻrsimon tuzilish (struktura) hosil boʻladi. Vulkanizatsiyani turli xil organik moddalar va tezlatkichlar (aktivatorlar — ZnO, MgO va b.) bilan … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

VISHNEVSKIY MALHAMI

VISHNEVSKIY MALHAMI — qayin daraxtining smolasi (qatroni), kseroform va kanakunjut moyi aralashmasidan iborat malham; antiseptik (yuqumsizlantiruvchi) modda; tarkibini rus xirurgi A. V. Vishnevskiy taklif etgani uchun uning nomi bilan atalgan. Yiringli va yotoq yaralar, shuningdek jarohatlarni davolashda qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

VENA TOʻGARAGI

VENA TOʻGARAGI — falsafiy toʻgarak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922-y. Vena sh. da vujudga kelgan. Asoschilari — M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va b. 1926-y. dan — R. Karnap. V. t. ning falsafiy konsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda oʻtmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik anʼanalari taʼsirida shakllandi va … Читать далее

VEKSLER

VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York unti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash Veksler shkalasi, «Xotiraning Veksler shkalasi» testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini … Читать далее