IGNA BALIQLAR

IGNA BALIQLAR (Syngnathus) – dengiz kirpilari oilasiga mansub baliklar urugʻi. Tanasi 6 yoki 7 qirrali, ingichka, uz. 40 sm gacha. Tumshugʻi ingichka va choʻziq, ogʻzi kichik, tishsiz. Dum suzgichlari kichik, qorin suzgichlari boʻlmaydi. Erkagining qornida yoki dum tomonida uvildiriq saqlaydigan kamerasi boʻladi. Bu kameraga urgʻochisi uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklarga shilimshiq parda orqali qondan kislorod kelib turadi. … Читать далее

KARASLAR

KARASLAR (Caras sius) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari urugʻi. Tanasining uz. 45 sm gacha, vazni 3 kg gacha. 2 turi, jumladan, Oʻzbekiston suv havzalarida kumushtovon karas (Carassius afi nus gibello Bloch) uchraydi. Tanasining shakli zogʻora baliqnikiga oʻxshaydi, lekin moʻylovining boʻlmasligi bilan undan farq qiladi. Yirik suyak tangachalar b-n qoplangan tanasining orqa tomoni och … Читать далее

ZOGʻORA BALIQ

ZOGʻORA BALIQ (Cyprinus carpio) (sazan ) — karpsimonlar oilasiga mansub tur. Uz. 50—60 sm (baʼzan 1 m gacha), vazni 1,8—4,5 kg (baʼzan 16 kg va undan ortiqroq). Ogʻzi boshining pastki tomonida. Suzgich qanotlari qizgʻish tovlanib turadi. Orka va anal suzgichlarida bittadan tishli suyak nurlari, yuqori labi va ogʻzi chetlarida bir juftdan moʻylovlari boʻladi. Oʻrta, Qora, … Читать далее

BALIQLAR

BALIQLAR (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan Baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan Baliqlarning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini … Читать далее

BAQAQURILLOQLAR

BAQAQURILLOQLAR (Hylidae) – dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa boʻlingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada koʻproq tarqalgan. Oʻzbekistonda uchramaydi. Baqaqurilloqlar, asosan, daraxtlarda yashaydi. Shuning uchun ular daraxt baqasi deb ham ataladi, barmoqlarining uchidagi disksimon yumshoq bezli plastinkasi Baqaqurilloqlarning daraxt shoxi va bargiga yopishib turishiga yordam beradi. Xaltachali baqaqurilloq … Читать далее

BAKRABALIQ

BAKRABALIQ (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining osyotrsimonlar turkumi va osyotrlar oilasiga mansub baliq. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Balxash koʻli havzasida iqlimlashtirilgan. Tanasi duksimon, tumshugʻi choʻziq, ogʻzi boshining pastila. Skeleti togʻaydan tashkil topgan. Tanasidagi choʻgirlar besh qator, orqasida 11 — 17 ta, yon tomonida 55 — 57 ta, qornida esa 15 … Читать далее