DOU-JONS INDEKSI

DOU-JONS INDEKSI — AQSHning yetakchi kompaniyalari aksiyalari kursining Nyu-York birjasidagi oʻrtacha koʻrsatkichi, birja indikatori. Bu indeks dastlab 1884-y. dan «DouJons end kompani» firmasi tomonidan 11 kompaniya aksiyalari kursi buyicha «Uol strit jornel»da eʼlon qilinib borilgan. 1928-y. dan 30 ta kompaniya aksiyalari boʻyicha hisoblanib, muntazam matbuotda eʼlon qilib boriladigan boʻldi. Hozir D.-J. i. aksiyalar kursining birja … Читать далее

ICHKI XOʻJALIK REJASI

ICHKI XOʻJALIK REJASI — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan maqsadlari va unga erishish chora-tadbirlari majmui. Ichki xoʻjalik rejasi muayyan xoʻjalik yurituvchi subyektning ixtisoslashuvi va mavjud i. ch. resurslarini hisobga olgan holda belgilanadigan vazifalar hamda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini aks etti-ruvchi ichki meʼyoriy hujjatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Ichki xoʻjalik rejasi bevosita u yoki bu mahsulot (tovar)ga nisbatan … Читать далее

ISH HAQI

ISH HAQI — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita Ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorilz kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) … Читать далее

BOZOR IQTISODIYOTI

BOZOR IQTISODIYOTI — tovarpul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. B. i. insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar i. ch. tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga … Читать далее

BOSHLANGʻICH NARX

BOSHLANGʻICH NARX — auksionga qoʻyilgan tovarlar toʻpi (partiyasi)dagi tovarga uning egasi tomonidan qoʻyilgan dastlabki narx. B. n. minimal yoki aksincha (maksimal) boʻlishi mumkin. Bu narx auksion boshlanishi oldidan eʼlon qilinadi. Пост Навигацияси

BARTER

BARTER (ing. barter — tovar ayirboshlash) , muoʼvaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati boʻyicha muqobil boʻlgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Koʻproq rivojlanmagan tovar munosabatlari, oʻtish davri uchun xos boʻlgan kelishuv. 2-jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror boʻlmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning … Читать далее

BESSA

BESSA (frans. baisse — pasaytirmoq) — birja chayqovchiligi; qimmatbaho qogʻozlar kurs i yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni lasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qogʻozlar yoki tovarlarni maʼlum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi oʻrtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi b-n chayqovchisotuvchi qogʻozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid … Читать далее