QIZDIRISH ASBOBLARI

QIZDIRISH ASBOBLARI — moddalar, narsalar va muhitni qizdirish, binolarni isitish uchun moʻljallangan issiklik texnikasi asboblarining umumiy nomi. Issiqlik ishlab chiqaruvchi (generatsiyalovchi) va issiqlik almashinuvchi turlarga boʻlinadi. Birinchisida turli xil energiya, mas, kimyoviy (yoqilgʻi yonganda ajraladigan) energiya issiqlik energiyasiga aylanadi, ikkinchisida har xil issiqlik eltuvchilar (mas, qaynoq suv, bugʻ) issiqligi atrofga tarqatiladi (q. Isitish). Qizdirish asboblari, … Читать далее

LENTASIMON GILLAR

LENTASIMON GILLAR — asosan, toʻrtlamchi davrda muzliklarning erishidan paydo boʻlgan koʻllarda toʻplangan choʻkindi jinslar. Lentasimon gillar muzliklarda hosil boʻlgan koʻl yotqiziklari hisoblanib, loyqa suvlardan choʻkkan mahsulotlar — mayda zarrali qum va gillar yupqa qatlamchalarining kesmada almashinib yotishidan iborat. Toʻplangan choʻkindilarning qalinligi yil fasliga qarab har xil. Lentasimon gillar toʻgʻri qavatlangan boʻladi. Yozda toʻplanadigan mayda zarrali … Читать далее

KINOGA OLISH APPARATI

KINOGA OLISH APPARATI — hujjatli va badiiy kinofilmlar va videofilmlarni hamda turli obyektlarni izchil ravishda ketma-ket tasvirlar (kadrlar) tarzida kinolentaga tushirish qurilmasi. Enining kengligi va formatining oʻlchami har xil boʻlgan kinolentalarga suratga olish uchun moʻljallab ishlab chiqariladi. Mac, keng formatli filmlar 70 mm li; oddiy va keng ekranli filmlar 35 mm li; televizion, ilmiy, oʻquv … Читать далее

ZARQOGʻOZ

ZARQOGʻOZ, folga — 1) rangli, nodir, asl metallar va poʻlatdan tayyorlanadigan, eni 5—1000 mm va qalinligi 0,001—0,2 mm boʻlgan varaq yoki lenta 3. joʻvali (valesli) prokat stanlarida oʻrama (rulon) holida prokatlab chiqariladi. Prokatlab olish qiyin boʻlgan qattiq materiallar eritib olinadi. Oziqovqat mahsulotlarini oʻrashda, elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda, termoizolyatsiya va b. maqsadlarda ishlatiladi; 2) matbaada — bir … Читать далее

VIDEOMAGNITOFON

VIDEOMAGNITOFON (video… va magnitofon) — tasvir va tovushlarning yuqori sifatli elektr signallarini magnit lenta (disk)ga yozib olib, uni qayta koʻrsatish va eshittirishga imkon beradigan apparat. Birinchi Videomagnitofon 1950-y. lar oxirida AQSHda keyin bosh-qa mamlakatlarda yaratildi. Magnit lentali Videomagnitofonning asosiy qismi aylanuvchi videokanallarni sozlaydigan tyuner va lenta tortuvchi mexanizm, signallarni yozib olish — qayta eshittirish kanallari, … Читать далее

GUSENITSA

GUSENITSA (rus.) — zanjirli gʻildirak; bir-biriga oshiq-moshiqdek biriktiriladigan qismlardan iborat tutash lenta yoki zanjir. Traktor, buldozer, tank, odimlovchi kranlar, quvur yotqizgichlar, ekskavator va b. ning oʻtuvchanligini oshirish uchun ishlatiladi. Gusenitsaning ichki tomonida botiq va chiqiqlari bor. Mashina yetakchi gʻildiragidagi tishlar Gusenitsa botiqlariga kirib, uni olgʻa intiltiradi. Gusenitsa mashinaning ikki tomonida gʻildiraklar ostiga goʻyo poyondoz toʻshalganday … Читать далее

YOZUV MASHINKASI

YOZUV MASHINKASI, harf bosish mashinasi — harf, raqam va b. belgilarning standart tasvirlarini qogʻozga navbatmanavbat tushirib, matn, jadval va b. ni bosish uchun moʻljallangan qurilma. Klaviaturali bosish mexanizmi Yozuv mashinkasining asosiy elementa hisoblanadi. Klaviatura uchlariga bosiladigan belgilar (harf, raqam va b.)ning boʻrtma tasviri tushirilgan richagga yoki uchlarida bosish belgilari joylashtirilgan segmentli (diskli) shrift eltgichlarga birlashtirilgan. … Читать далее

YONILGʻI FILTRI

YONILGʻI FILTRI — yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydigan qurilma. Ichki yonuv dvigatelitl yonilgʻi bilan taʼminlash tizimida qoʻllaniladi. Yonilgʻi yaxshi tozalanmasa, karbyuratorli dvigatelda jiklyorlarni, dizelsa yonilgʻi nasosi va forsunkani ifloslantirib, ularni ishdan chiqarishi mumkin. Dizel dvigatellarida bir yoʻla dagʻal va mayin tozalovchi Yonilgʻi filtridan foydalaniladi. Dagʻal tozalovchi Yonilgʻi filtri tirqishli metall lenta yoki plastinkalardan iborat … Читать далее

BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее