YALANISH KASALLIGI

YALANISH KASALLIGI — hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoʻylarda jun yeyish, parrandalarda pat choʻqish shakllari uchraydi, Yalanish kasalligi organizmda mineral moddalar, jumladan, natriyning ishqoriy tuzlari, kobalt, yod, marganes, rux kabi mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida hayvon devor va oxurlarni yalaydi, toʻshamadagi chirigan somon, … Читать далее

YOʻLOʻTAN

YOʻLOʻTAN — Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939-y. dan). Yoʻloʻtan tumani markazi. T. y. stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh. dan 61 km jan. da, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939-y. gacha t. y. stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y. larida Yoʻloʻtan … Читать далее

JALILOVA

JALILOVA Eʼtibor (1924.15.3, Andijon — 1983.22.6, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan oʻzbek opera studiyasida (1940—41), Toshkent konservatoriyasida (1944) oʻqigan. 1941-y. dan Muqimiy teatrida ishlagan. Aktyorlik va xonandalik isteʼdodi mahalliy mualliflarning musiqali drama va komediyalarida, oʻzbekchaga tarjima qilingan asarlarda — estetik tugal, realistik chuqur, usluban toʻliq va ishonarli sahna xarakterlari yaratishiga … Читать далее

DANGANA

DANGANA, dangona — 1) oʻtmishda yarim oʻtroq va oʻtroq oʻzbek chorvadorlari oʻrtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada soʻyilgan mol goʻshtini uzoq saqlash qiyin boʻlgan. Shu tufayli Dangana yozgi yaylovga chiqqan maʼlum bir ovul kishilari oʻrtasida oʻtkazilgan. Danganada koʻpincha har bir xonadonda navbat b-n qoʻy soʻyilgan. Soʻyilgan qoʻyning goʻshti, kalla-pochasi katta qozonga solinib shoʻrva … Читать далее

BOʻYINTURUQ

BOʻYINTURUQ — dehqonchilik abzali. Boʻyinturuq yoʻgʻonligi oʻrtacha 12—20 sm, uz. 2,5—3 m boʻlgan dumaloq yogʻochdan tayyorlanadi. Qoʻsh qoʻshishda ikki uchi ikki mol boʻyniga qoʻyiladi. Uchlaridagi qoʻsh yon choʻp (shamyon choʻp) bilan hoʻkizlarning boʻyniga mahkamlanadi, omoch oʻqi Boʻyinturuqning oʻrta belidagi tirqishga ulanadi. Hozir deyarli ishlatilmaydi. Пост Навигацияси

VINILXLORID

VINILXLORID, CH2=CHC1 — monoxloretilen, rangsiz gaz. Mol. m. 62,50; qaynash t-rasi — 13,8°, suyuqlanish t-rasi —158,4°, zichligi 983 kg/m3 (15°da). Xloroform, dixloretan va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Vinilxlorid digaloidli hosilalardan bir molekula vodorod galogenidni tortib olish va atsetilen uglevodorodlariga bir molekula vodorod galogenid biriktirish yoʻli bilan olinadi. Vinilxlorid asosan polivinilxlorid, turli sopolimerlar, vinilidenxlorid va … Читать далее

BUTADIYEN

BUTADIYEN, divinil, SN2=SNSN=SN3 — organik birikma; qoʻlansa hidli rangsiz gaz. Mol. m. 54,09. Suyuqlanish t-rasi — 108,9°, qaynash t-rasi 4,5°. Zichligi 621 kg/m3 (20°). Suv, spirtda yomon, kerosin va organik erituvchilarda yaxshi eriydi; havo bilan portlaydigan aralashma hosil qiladi. Qoʻsh bogʻlari borligidan vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar va b. elektrofil reagentlarni biriktirib oladi: SN2=SNSN=SN2+Vg2»SN2Vg SN=SN—SN2Vg. B. oson … Читать далее

BUNOSTOMOZ

BUNOSTOMOZ — kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephalum (qoʻy va echkilarda) va V. phlebitomum (qoramollarda) nematodalari quzgʻatadi. Ingichka ichakda yashaydigan urgʻochi nematodalar tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi va qulay sharoitlarda tuxumdan chiqqan lichinkalar 3—7 sutkada invazion bosqichga yetadi. Lichinkalar aksariyat hollarda teri orqali, shuningdek ozuqa va suv … Читать далее

VINILIDENXLORID

VINILIDENXLORID, 1,1-dixlor-etilen, SN2=SS12 — rangsiz suyuqlik; hidi xloroform hidiga oʻxshab ketadi. Mol. m. 96,94; qaynash t-rasi 31,7°, zichligi 1212 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havoda oʻz-oʻzidan polimerlanadi, shuning uchun ingibitorlar, mas., gidroxinon ishtirokida saqlanadi. 1, 1,2-trixloretanni degidroxlorlash yoʻli bilan olinadi. Vinilidenxlorid sopolimerlar, polivinilidenxlorid, metilxloroform va b. organik birikmalar i. ch. da qoʻllaniladi. Пост … Читать далее

VINILATSETILEN

VINILATSETILEN, butenin, SN2=SN-SzSN — toʻyinmagan uglevodorod; oʻtkir hidli zaharli gaz. Mol. m. 52,76, suyuqlanish t-rasi —138°, qaynash t-rasi 5,5°. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Asetilendan olinadi. Yelim tayyorlashda va sintetik kauchuk i. ch. da xom ashyo sifatida ishlatiladi. Пост Навигацияси