YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YANGI VENA MAKTABI

YANGI VENA MAKTABI, Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A. Berg, A. Vebern, E. Velles, X. Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Yangi Vena … Читать далее

YEVROPA ITTIFOQI

YEVROPA ITTIFOQI (YEI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati («Umumiy bozor») nomi bilan atalgan. YEI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992-y. Maastrixt sh. da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993-y. 1 noyab. … Читать далее

DEMOKRATIYA

DEMOKRATIYA (yun. demos — xalq va …kratiya) — fukarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli … Читать далее

YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

VETO

VETO (lot. veto — taqiqlayman) — rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarori-ning kuchga kirishini toʻxtatish yoki kuchga kirishiga yoʻl qoʻymaslik huquqi. Davlat boshligʻi qonun chiqaruvchi parlament, oliy majlis qabul qilgan qonunlar boʻyicha Veto huqukiga ega. Mutlaq V. — davlat boshligʻining parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil rad qilish huquqi; nisbiy Veto — davlat boshligʻining … Читать далее

VERDIKT

VERDIKT (lot. vere dictum — haq ran aytish) — ayrim xorijiy mamlakatlarda qasamyod etuvchi maslahatchilar (prisyajniylar)ning ayblanuvchi aybdor yoki aybdor emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi. Qasamyod etuvchilar Verdikti ular hayʼati (kollegiyasi) tomonidan ayrim masalalar, ishlar boʻyicha, jumladan, shaxsning aybdor yoki aybdor emasligi haqidagi asosiy masala yuzasidan chiqariladi. Hayʼat muhokama davomida belgilangan muddatda yakdil qarorga erishmagan takdirda, aybdorlik … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VIZANTIYASHUNOSLIK

VIZANTIYASHUNOSLIK, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Vizantiyashunoslik alohida bilim tarmogʻi sifatida 19a. 2-yarmida, fanda «Vizantiya» termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin Vizantiyashunoslikning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее