BARG BUJMAYISHI

BARG BUJMAYISHI — oʻsimliklarda virus, zamburugʻ, bakteriyalar taʼsirida paydo boʻladigan kasallik. Zararlangan oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, barg shapalogʻi och yashil tusga kirib, bujmaloqlashadi, sathi mayda dogʻlar bilan qoplanadi, moʻrt boʻlib qoladi. Barg bujmayishi gʻoʻza, kartoshka, beda, mevali daraxtlar, piyoz va b. oʻsimliklarda uchraydi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari ham bu kasallikka yoʻliqadi, poyasining yuqori qismidagi boʻgʻim oraligʻi … Читать далее

BUGʻDOY NEMATODASI

BUGʻDOY NEMATODASI (Anguina tritici) — bugʻdoy, javdar, arpa, suli va b. boshokli ekinlar boshogʻida gʻudda (galla)lar paydo qiladigan zararkunanda toʻgarak chuvalchang. Oʻsimlik Bugʻdoy nematodasi bilan qattiq zararlanganda boshogʻi maydalashib oʻsmay qoladi, doni oʻrnida gʻudda (galla)lar paydo boʻladi. Gʻuddalar dondan kichikroq, juda pishiq, jigarrang pust bilan qoplangan boʻlib, har bir gʻudda ichida 5—15 mingtagacha lichinka boʻladi. … Читать далее

VILT

VILT (ing. to wilt — soʻlish) , oq palak, soʻlish — takomillashmagan zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimlik oʻtkazuvchi naylari kasalliklari (traxeomikozlar). Vertitsillyoz Vilt va fuzarioz Vilt turlari bor. Vertitsillyoz Viltni Verticillium dahliae Klebahn zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Ikki pallali oʻsimliklarning qariyb 400 dan ortiq turini zararlaydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonda koʻproq gʻoʻza, kamroq kunjut, dagʻal kanop, jut, zigʻir, baqalajon, qalampir, pomidor, … Читать далее

VERGULSIMON QALQONDORLAR

VERGULSIMON QALQONDORLAR — teng qanotlilar turkumi qalqondorlar oilasiga mansub hasharotlarning bir necha turi, tanasining qalqoni vergulsimon egilganligi uchun shunday nom berilgan. Oʻrta Osiyo V. q. (Lepido-saphes mesasiatica) tanasi sargʻish-malla, uz. 3,5—4,7 mm. Keng maʼnoda polifag, Oʻrta Osiyo endemigi. Lichinkasi va urgʻochisi terak, tol, naʼmatak, katalpa, shuningdek olma, nok va b. mevali daraxtlarda oziqlanadi va koʻpayadi. … Читать далее

BOʻRIGUL

BOʻRIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Bitta ildiz boʻgʻzidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apr. dan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qoʻltigʻida bittadan bir chanoqli yassi mevasi boʻladi. B. Ugom, Fargʻona, Hisor … Читать далее

BRYUSSEL KARAMI

BRYUSSEL KARAMI (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Gʻarbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada koʻp ekiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismida bandli sillis barglar chiqaradi, barg qoʻltigʻida (diametri 2—2,5 sm li 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urugʻli qoʻzoq meva … Читать далее

BEDA TUNLAMI

BEDA TUNLAMI, zigʻir tunlami (Heliothis ViriplacaHutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari … Читать далее

VIRUSLI KASALLIKLAR

VIRUSLI KASALLIKLAR, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklar iga kirov (oqsim), … Читать далее

BARG NAQSHLARI

BARG NAQSHLARI — islimiy naqsh elementi; oʻsimlik bargining bezak sanʼatidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Badiiy hunarmandlik (naqqoshlik, ganchkorlik, kulollik, miskarlik, kashtadoʻzlik va b.)da keng qoʻllaniladi. Tabiatda uchraydigan oʻsimlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi hamda turli (shobarg, qoʻshbarg, chorbarg, madohil barg va h. k.) koʻrinishlarda sodda va murakkab holda aks … Читать далее

VENGER MUSKATI

VENGER MUSKATI, Vaniliya, Muskat de Jezyu, Muskat krokan, Muskat Primavi — kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan xoʻra-ki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning jan., Oʻzbekiston, Kozogʻiston va Kirgʻizistonda r-nlashtirilgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (diametri 15—16 sm), toʻgarak, kam kertikli. Besh boʻlakchali, toʻq yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalogʻi … Читать далее