GʻILAYLIK

GʻILAYLIK — koʻzning noraso holati, bunda bir koʻz qorachigʻi koʻrilayotgan buyumga toʻgʻri qaragan, ikkinchisi esa burun tomonga (yaqinlashuvchi Gʻilaylik) yoki chekkaga (uzoqlashuvchi Gʻilaylik) ogʻgan boʻladi. Funksional Gʻilaylik va falajlanish gʻilayligi farq qilinadi. Funksional Gʻilaylikda koʻz tashqi mus-kullari, ularning optik apparati yoki koʻz toʻr pardasining funksiyalari buziladi. Koʻpincha yosh bolalarda uch-raydi. Bolalarda ikki koʻzning hamkorlikda normal … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее

VIZUAL QOʻSHALOQ YULDUZ

VIZUAL QOʻSHALOQ YULDUZ — teleskopda qoʻshaloq boʻlib koʻrinadigan yulduz; oddiy koʻz bilan qaralganda boshqa yulduzlardan farqqilmaydi. Koʻpincha qoʻshaloq yulduzlarning biri ikkinchisidan bir necha sekund burchak narida joylashgan boʻladi. Vizual qoʻshaloq yulduz optik va fizik jihatdan qoʻshaloq boʻlishi mumkin. Optik Vizual qoʻshaloq yulduz tarkibiga kiradigan yulduzlar Yerdan har xil uzoqlikda boʻlib, ularning nur yoʻnalishlari tasodifan yonma-yon … Читать далее

VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее

BILQIS

BILQIS — Qurʼonda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida bayon etiladi. Qurʼonda Sulaymon paygʻambarning ulugʻvorligini taʼriflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borganligini va u yerda «hamma narsa ato etilgan» xotin hukmronlik qilayotganligini, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sigʻinayotganligini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga … Читать далее

VIZUAL KUZATISH

VIZUAL KUZATISH (lot. visualis – koʻrish…) — biron bir hodisa (mas., oy tutilishi)ni oddiy koʻz bilan (qora shisha orqali) yoki asbob (mas., durbin) orqali bevosita kuzatish. Bunday kuzatishlarda aniq natijalar olish qiyin. Vizual kuzatishlar chogʻida ehtiyot choralari koʻrilishi shart. Пост Навигацияси

BOQCHASAROY

BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmogʻi) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yoʻli (shossesi) yonida. T. y. stapsiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda efir moylari, vino i. ch., meva sharbatlari, konserva, sut, z-dlari, maishiy xizmat k-ti bor. B. ga asos solingan yili nomaʼlum. Shahar 1502-y. dan tilga olinadi. … Читать далее

BOSH MIYA

BOSH MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan; u umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunnoq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat. Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan, uning ichki qismi … Читать далее

BOYGALAR

BOYGALAR (Boiga) — ilonlarning bir urugi, suvilonsimonlar oilasiga kiradi. Uz. 2 m cha. Tropik Afrika, Jan. Osiyo, Avstraliya va Polineziyada tarqalgan. 30 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonning jan. da, Tojikiston va Turkmaniston dashtlarida uz. 1 m keladigan hind boygasi (V. trigonatum) uchraydi. Boygalarning tanasi ingichka, chiroyli, boshi katta, tanasidan ajralib turadi, koʻzlari yirik. Boygalar tungi … Читать далее

BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit … Читать далее