ARABI OT

ARABI OT — salt miniladigan qadimiy ot zoti; xalq seleksiyasi yoʻli b-n Arabiston ya. o. da milodiy 1-ming yillikda chiqarilgan. Turkman, Eron va Misr saxro otlari bilan urchitish natijasida takomillasha borgan. U choʻl sharoitiga yaxshi moslashgan, ochlik va suvsizlikka chidamli, uzoq, masofaga yaxshi yuguradi (poygada 1000 m masofani 1 min. 8,0 sek. da bosib oʻtadi). … Читать далее

DAVLAT NASLCHILIK ZAVODI

DAVLAT NASLCHILIK ZAVODI — q. x. hayvonlarining maʼlum bir zotini takomillashtirishga ixtisoslashgan oliy toifadagi naslchilik xoʻjaligi; chorvachilikda biror zot bilan uzok, vaqt davomida seleksiya ishi olib boradigan asosiy xoʻjalik. Har qaysi naslchilik z-dida elita va I klass talablariga javob beradigan sof zotli, sermahsul mollarning podasi boʻlishi kerak. Naslchilik z-dlarida naslchilik ishlari 5—10 yil va undan … Читать далее

AUTBRIDING

AUTBRIDING (ing. out — tashqari va breed — urchitish) — bir-biriga irsiy jihatdan yaqin (qarindosh) boʻlmagan organizmlarni chatishtirish. Chorvachilikda Autbridingdan maqsad baʼzi bir qondosh hayvonlarda uchraydigan nuqsonlar (hayvon tana tuzilishi, mahsuldorlik koʻrsatkichlari, rezistentlikning pasayishi va h. k. lar)ni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Autbriding avvaldan rejalashtirilgan, yaxshilanishi zarur boʻlgan belgilarni inobatga olgan holda bajariladi. Har xil ekologik zonalardagi … Читать далее

ANGOR ECHKISI

ANGOR ECHKISI — echkining qimmatli serjun zoti. Angor echkisining vatani Turkmanistonning gʻarbi. Turkmanlarning bir qismi 13-a. da bu yerdan Kichik Osiyoga koʻchib borgan va natijada hoz. Turkiyaning Angora (Anqara) viloyati Angor echkisini urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. 19 – a. dan AQSH, Afrikadagi ayrim mamlakatlar, Avstraliyada boqiladi. … Читать далее