DRAKON TOGʻLARI

DRAKON TOGʻLARI — Afrikaning jan.-sharqidagi togʻlar. Shim. da Sabi daryosidan jan. da Greyt-Key daryosigacha 900 km masofaga choʻzilgan. Drakon togʻlarining oʻrta qismiga Lesoto togʻligining sharqiy chekkasi ham kiradi. Jan. Afrikaning eng baland choʻqqilari (Tabana-Ntlenyana togʻi, 3482 m va b.) shu yerda. Hind okeaniga qaragan yon bagʻri zinapoyasimon pasayib tushgan. Drakon togʻlari Hind okeani havzasiga oquvchi … Читать далее

QORAQURUM

QORAQURUM — Markaziy Osiyodagi togʻ sistemasi, Hindiston (Jammu va Kashmir shtatlarida) va Xitoy hududlarida. Yer yuzidagi eng baland togʻ sistemalaridan biri. Shim. da Pomir va Kunlun, jan. da Himolay va Gandi-sishan tizmalari oraligʻida. Uz. 500 km, sharqidagi Changchenmo va Pangong tizmalari bilan birga 800 km chamasida. Eni 150—250 km. Oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland … Читать далее

KICHIK ZOND OROLLARI

KICHIK ZOND OROLLARI — Malay arxipelagining jan. qismi, asosan, Indoneziya tarkibida. Bali, Flores, Banda, Savu, Timor dengizlari va Hind okeani suvlari oʻrab turadi. Mayd. 128 ming km2. 1300 km uzunlikdagi orollar zanjiridan iborat. Relyefi togʻli, vulkan koʻp (eng baland joyi 3726 m, Rinjani vulkani). Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim. Barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar va savannalar bilan … Читать далее

KENIYA

KENIYA (Kenya), Keniya Respublikasi (Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti — Nayrobi sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-y. da qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — … Читать далее

LITOLOGIYA

LITOLOGIYA (lito… va logiya) — choʻkindi togʻ jinslari haqidagi fan. Choʻkindi togʻ jinslarining tarkibiy qismi, struktura va teksturasi, fizikkimyoviy xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlari va oʻzgarishi jarayonlarini oʻrganadi. Choʻkindi jinslar va ular b-n bogʻliq boʻlgan yoki birga uchraydigan foydali qazilmalarning paydo boʻlishidagi shart-sharoitlarni, ularning kon boʻlib shakllanishi va joylashish qonuniyatlarini aniklab, mamlakatning foydali qazilmalarga boʻlgan ehtiyojini … Читать далее

DORUSSALOM

DORUSSALOM (arab. — Tinchlik uyi) — Tanzaniyadagi shahar, Sohilboʻyi viloyatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 1,7 mln. kishi (1998). Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha t-rasi avg. da 23°, yanv. da 28°. Yiliga 1500 mm yogʻin yogʻadi. Dorussalom 1862-y. da Zanzibar sultoni tomonidan baliqchilarning Mzizima qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. 1887-y. da Germaniyaning Sharqiy Afrika … Читать далее

DURBAN

DURBAN, Port-Natal — JAR ning sharqidagi shahar, Natal provinsiyasida. Hind okeani soxilidagi yirik port, yillik yuk ortib-tushirish 18 mln. t. Aholisi 720 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, toʻ-qimachilik, oynasozlik, qogʻoz, kemasozlik va kema taʼmirlovchi korxonalar, t. y. ustaxonalari mavjud. Natal provinsiyasi un-ti fakultetlari bor. Iqlim kurorti. Yevropaliklar Durbanga dastlab … Читать далее

BEYRA

BEYRA — Mozambikdagi shahar, Hind okeani soxilida, Pungve daryosi boʻyida joylashgan. Sofala provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 292 ming kishi (1989). Transport yoʻllari tuguni. Afrika sharqiy qirgʻogʻidagi muhim portlardan biri, mamlakatda Maputudan keyin ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda turadi, qoʻshni davlatlar (Zimbabve va Malevicha ham xizmat qiladi. B. Mutare sh. (Zimbabve)ga boruvchi neft quvurining boshlangʻich punkti. Xalqaro aeroport … Читать далее

BOʻGʻOZ

BOʻGʻOZ — 1) okean, dengiz, koʻlni va ularning ayrim qismlarini bir-biri b-n qoʻshib turadigan kambar suv yoʻlagi. Maye, Bering B. Shimoliy Muz okeanini Tinch okean b-n, BobulMandab Boʻgʻoz Qizil dengizni Hind okeani bilan qoʻshib turadi va h. k. ; 2) quruqlikda — togʻ oraligʻidagi tor yoʻl, oʻtkil. Пост Навигацияси