VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

VEGETATIV KOʻPAYISH

VEGETATIV KOʻPAYISH — vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo boʻlishi; koʻp hujayralilar uchun xos. Vegetativ koʻpayishda ham bir hujayralilarning jinsiy koʻpayishi singari klonlar — genetik jihatdan bir xiddagi individlar guruhi vujudga keladi. 1. Oʻsimliklarda Vegetativ koʻpayish tallom ixtisoslashmagan qismining ajralishi (koʻpchilik suv oʻtlari va yuksak zamburugʻlar) yoki tallomdan ixtisoslashgan qismlar ajralishi (xarasimon … Читать далее

VANNALAR

VANNALAR — gigiyena va davolash-profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv (q. Suv bilap davolash), balchiq (q. Balchiq bipan davolash), qum (q. Qumga tushish), havo (q. Havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproqumumiy Vannalar qoʻllaniladi. Oddiy suv vannasida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq (22» gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq Vannalar ; tarkibiga koʻra … Читать далее

VITAL BOʻYASh

VITAL BOʻYASh (lot. vita – hayot) – organizm tirikligida unga zararsiz boʻyoqlar (mas., neytral qizil boʻyoq, litiyli karmin, tripan koʻki) kiritib, hujayra va toʻqimalariga rang berish. Vital boʻyash hujayra va toʻqimalar holatini tekshirish usullaridan biri. Vital boʻyash hujayralarda yuz beradigan biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni oʻrganishga yordam beradi. Organizmga yuborilgan boʻyoq tirik xujayralarning baʼzi kiritmalariga, mas., … Читать далее

VARIATSION STATISTIKA

VARIATSION STATISTIKA — matematik statistikaning amaliy tarmogi; statistik tuplam (majmua)larda belgilarning taqsimlanishini oʻrganadi. Statistik toʻplam biron bir jihatdan uxshash juda koʻp obyektlar yoki yalpi hodisalardan tashkil topadi. Variatsion statistika barcha biologik obyektlarga xos boʻlgan oʻzgaruvchanlik koʻp uchraydigan biol., genetika va q. x. ekinlari seleksiyasida keng qoʻllaniladi. Variatsion statistika matematik statistikaning nazariy xulosalariga asoslanadi va asosan … Читать далее

GENETIKA

GENETIKA (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan. G. ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan … Читать далее

GAZ ALMASHINUVI

GAZ ALMASHINUVI — nafas olish, fotosintez va b. jarayonlarda gazlarning organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida almashinuvi. Organizm nafas xarakatlari vaqtida kislorod olib, karbonat angidrid, moddalar almashinuvining boshqa gazsimon mahsulotlari va suv bugʻini chiqaradi; bu deyarli barcha organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonining zarur holati. Kislorodsiz dissimilyatsiya jarayoni sodir boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun organizm isteʼmol qilgan kislorod … Читать далее