BAKRABALIQ

BAKRABALIQ (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining osyotrsimonlar turkumi va osyotrlar oilasiga mansub baliq. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Balxash koʻli havzasida iqlimlashtirilgan. Tanasi duksimon, tumshugʻi choʻziq, ogʻzi boshining pastila. Skeleti togʻaydan tashkil topgan. Tanasidagi choʻgirlar besh qator, orqasida 11 — 17 ta, yon tomonida 55 — 57 ta, qornida esa 15 … Читать далее

YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich

YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich (1945.7.9, Kattaqoʻrgʻon sh.) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979), Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). Hamza teatrida rej. assistenti (1968—70), rej. (1970-74), bosh rej. (1974-84). 1984-y. dan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining bosh rej. i. Eng yaxshi spektakllari: «Roʻyxatlarda yoʻq» (B. Vasilyev), «Kelinlar qoʻzgʻoloni», … Читать далее

YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI

YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-y. da 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-y. dan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. YETTB bozor … Читать далее

YANGI CHINOZ

YANGI CHINOZ — Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi shaharcha (1992-yildan). T. y. stansiyasi (Chinoz). Viloyatning gʻarbiy qismida, Toshkent — Nukus avtomagistralida, tuman markazi (Chinoz shahri) dan 7 km narida. Sirdaryo va Chirchiq daryolari yonida. Aholisi 3,7 ming kishi (2005). Shaharchada 7 korxona, shuningdek, dehqon bozori, 20 dan ortiq savdo shoxobchasi, tijorat banki faoliyat koʻrsatadi. Sanoatining asosiy … Читать далее

YOZYOVON CHOʻLI

YOZYOVON CHOʻLI — Fargʻona vodiysining markaziy qismidagi choʻl. Qoʻqon, Margʻilon, Andijon va Namangan vohalari bilan oʻralgan. Shim. dan Sirdaryo oqib oʻtadi, zamini paleozoy jinslaridan tarkib topgan, yer yuzasi toʻrtlamchi davr allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Relyefi, asosan, tekis. Balandpast kum tepalari, koʻllar, shoʻrxoklar va botqoklashgan yerlar uchraydi. Iklimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi … Читать далее

YANGIYER

YANGIYER — Sirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. 1957 yil da asos solingan. Toshkentdan 150 km jan. gʻarbda, Toshkent — Xovos t. y., Katta Uzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 30 km uzoklikda. Aholisi 30 ming kishi (2004). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektdan 34 … Читать далее

DEHQONOBOD

DEHQONOBOD — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Guliston (24 km). Dehqonobodda dastlab 1886-y. Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. … Читать далее

DARYO SUVCHANLIGI

DARYO SUVCHANLIGI — daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv mikdori. Daryo suvchanligi absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. Daryo suvchanligi haqida maʼlumot q. x. ni suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (q. … Читать далее

GʻAZA

GʻAZA — shahar-qalʼa. Sirdaryo boʻyida joylashgan 7 shahar-qalʼadan biri. Aleksandr Sugʻdda Spitamen boshchili-gida qoʻzgʻolon koʻtarilganidan xabar topgach, sarkardasi Kraterni Kiropolga joʻnatib, oʻzi qarorgohiga yaqin joydagi shahar — Gʻ. ga qoʻshin tortgan. Gʻazaning paxsadan ishlangan, uncha baland boʻlmagan mudofaa devori boʻlgan. Makedon qoʻshini Gʻazani bir hamla bilan olish niyatida devor atrofiga shotular oʻrnatgan. Biroq mudofaachilar ularni … Читать далее

VARD

VARD (sugʻdiycha — buta, shox-shabba) — dare oʻzanlari va ulardan boshlangan yi-rik tarmoqlar oqimini toʻsib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba oʻrami. Vard atamasi Xorazmda «navard», Zarafshon vodiysida «navola», Fargʻona vodiysida «oʻluk», Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «shox-shabba oʻrami» maʼnosini anglatib, ulardan suv xoʻjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan. Vardlar, orasi … Читать далее