YEVNUXOIDIZM

YEVNUXOIDIZM (yun. eunuchos — bichilgan odam) , erkaklarda — hezalaklik, ayollarda — erkakchalishlik — jinsiy bezlarning tugʻma kamchiligi yoki jarohatlanishi, yoxud gipofizdan gonadotrop gormonlar kam chiqishi sababli roʻy beradigan kasallik. Erkaklarda koʻproq uchraydi. Yevnuxoid gigantizm va yevnuxoid semirish (yogʻ bosish) degan ikki turi bor. Odatda, aralash xili uchraydi. Belgilari: boʻy oʻsib ketadi, skelet nomutanosib oʻsadi … Читать далее

YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR

YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR — qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Asosiy belgilari — boshi 5, koʻkragi 8, qorin boʻlimi 6 boʻgʻimdan iborat; faqat yupqa sovutli qisqichbaqalar qorin boʻlimi 7 boʻgʻimli; qorin oyoqlari rivojlangan. Boshi — sinsefalon yoki prototsefalon. Prototsefalonda jagʻ boʻgʻimlari koʻkrak bilan qoʻshilib, jagʻkoʻkrakni hosil qiladi. Jagʻkoʻkrak (gnatotoraks) koʻpincha boshkoʻkrak ham deyiladi. Boshida bir juft fasetkali koʻz va … Читать далее

YONLAB SUZARLAR

YONLAB SUZARLAR, har xil oyoqlilar (Amphipoda) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 1—2 sm dan 28 sm gacha, koʻpincha ikki yon tomondan siqiq. 1—2 koʻkrak boʻgʻimi boshi bilan qoʻshilib ketgan. 2 juft oldingi koʻkrak oyoqlarida qisqichlari, barcha oyoqlarida jabralari boʻladi. Qorin boʻlimida 3 juftdan ikki shoxli suzgichlari va sakrovchi oyoqlari bor. Sayoz suvda yonida suzadi (nomi … Читать далее

GʻOʻZA KUYASI

GʻOʻZA KUYASI, pushtirang qurt — oʻyiq-qanotli kuyalar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan koʻpgina ma:>1lakatlarda tarqalgan; Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda 12—15 mm; oldingi qanotlari bir oz uzunchoq, qoramtir dogʻli och jigarrang, yuqori qismi toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, ochroq tusli koʻndalang yoʻllari bor; orqa qanoti kulrang, keng hoshiyali. Tuxumi choʻziqovalsimon, oppoq, boʻylama yoʻllari yoki … Читать далее

VENALAR

VENALAR (lot. vena — vena, koʻk qon tomir) — venoz qonni (karbonat angidrid bilan toʻyingan) aʼzo va toʻqimalardan yurakka olib keluvchi kon tomirlar (oʻpka V. i bundan mustasno, ular arterial qon tashiydi). Odamda uchta Venalar tizimi mavjud. Yuqori kovak vena gavdaning yuqori yarmi (bosh, boʻyin, qoʻl va koʻkrak)dan yurakka qon keltiradi, pastki kovak vena gavdaning … Читать далее

BOʻRITISH ILONLAR

BOʻRITISH ILONLAR (Lucodon) suv ilonlar oilasining urugʻi. 16 turi bor. Jagʻida 2—6 yirik egri tishlari boʻladi. Shuning uchun ular «boʻritish» deb ataladi. Jan. Osiyoda koʻp. Oʻzbekiston choʻllarida bitta turi — ola boʻritish (Lucodon striata) uchraydi. Uz. 60 sm cha, usti toʻq jigarrang, och sariq koʻndalang yoʻlli. Qorin tomoni sariq. Tungi hayvon. Iyunning oxirida 2—4 ta … Читать далее

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekinasta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b. ; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari … Читать далее

BUZOQ

BUZOQ — sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli Buzoq ogʻirligi tugʻilishda 35—45 kg, mayda zotlisining ogʻirligi 25—35 kg boʻladi. Buzoq tugilishi b-n ogʻizburnidagi shilimshiq sochiq b-n artiladi, tugʻilganda kindigi uzilmagan boʻlsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, soʻngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qoʻyiladi. Tugʻilgandan keyin 1—1,5 soat oʻtgach, … Читать далее

VARROOZ

VARROOZ, varroatoz — asalarilar va ularning urugʻlarini zararlaydigan kasallik. Varroa jacobsoni kanasi qoʻzgʻatadi. Kanalar koʻproq asalarilarning qanoti osti, choti, qorin qismida parazitlik qiladi. Asalarilar oilasining kuchsizlanishi va halok boʻlishiga olib keladi. Kasallangan asalarilarning qanotlari yemiriladi, koʻkrak va qorni kichrayib ketadi, erkak asalari ona asalari bilan juftalasha olmaydi. Oldini olish va qarshi kurash choralari: karantin va … Читать далее

BISSA

BISSA, karetta (Eretmochelus imbrigata) — sudralib yuruvchilar sinfi, toshbaqalar turkumi, dengiz toshbaqalari kenja turkumiga mansub ulkan toshbaqa turi. Ikkita kenja turi maʼlum. Biri — Atlantika okeani va Oʻrta dengizda, ikkyanchisi — Tinch va Hind okeanida yashaydi. Kosasining uz. 80—90 sm. Ustki qalqoni toʻq qoʻngʻir boʻlib, sariq, toʻq qizil yoki qizgʻish xolxol va chiziqcha naqshlari bor. … Читать далее