YOʻSINSIMONLAR

YOʻSINSIMONLAR, moxsimonlar (Briopsida) — yuksak oʻsimliklarning bir boʻlimi. Baʼzi olimlar arxegonial oʻsimliklar sinfi deb hisoblaydi. Yoʻsinsimonlarda chin ildiz va oʻtkazuvchi toʻqima boʻlmaydi. Tuban Yoʻsinsimonlar tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Yoʻsinsimonlarda yashil oʻsimlik jinsiy boʻgʻin gametofit, jinssiz boʻgʻin sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir boʻladi. Anteridiyda hosil boʻlgan 2 xivchinli … Читать далее

YOVVOYI OLMA

YOVVOYI OLMA — olma avlodiga mansub yovvoyi holda oʻsadigan olma turlari. Bogʻdorchilikda urugʻidan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda seleksion material sifatida foydalaniladi, mevasidan povidlo, jem kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Yovvoyi olmaning turlari, asosan, Toshkent viloyati (Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari)ning togʻli zonalarida tarqalgan. Asosiy turlari: Oʻrmon olmasi (M.silvestril Mill.) — uning juda koʻp … Читать далее

YERYONGʻOQ

YERYONGʻOQ, Xitoy yongʻogʻi (Arachis hupogaea L.) — dukkaqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani — Jan. Amerika (Braziliya). 16-a. da Jan. Amerikadan Osiyoga, soʻng Yevropaga (Xitoydan) tarqalgan. Yeryongʻoq Hindiston, Xitoy, Myanma (Birma), Yaponiya, Markaziy va Shim. Afrika, AQSH, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Jahon … Читать далее

YALMONQULOQ

YALMONQULOQ, kungaboqar sutlama — sutlamadoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi shoxlanadigan oʻq ildiz. Poyasi tik, yakka oʻsadi, boʻyi 8 — 30 sm. Barglari belkuraksimon, ketmaket gʻuj boʻlib joylashgan. Gullari mayda, bir jinsli, soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Iyulavg. gacha gullab mevalaydi. Mevasi — koʻsakcha. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 600 dan koʻproq urugʻ beradi. … Читать далее

YILLIK HALQA

YILLIK HALQA, yillik qavatlar — 1) oʻsimliklarda ksilema (yogʻoch) ning oʻsish zonalari; yoz-qishning almashinishiga karab, kambiy faoliyatining oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Daraxtlarning poyasi, shoxi va ildizini koʻndalangiga kesib Yillik halqani koʻrish mumkin. Vegetatsiya davrining boshida hosil boʻlgan ksilema tuzilishi, rangi, yaltiroqligi, oʻlchami va b. mexanik xossalari bilan vegetatsiya davrining 2-yarmida hosil boʻlgan ksilemadan farq qiladi. … Читать далее

YULDUZOʻT

YULDUZOʻT — chinniguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi oʻqiddiz, sertomir. Poyasi ingichka, qoʻtarilib oʻsadi, sershox, boʻyi 5 — 30 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, pastkilari bandli, yuqoridagilari bandsiz, tuxumsimon. Gullari oq, mayda, gulbandi uzun. Mevasi choʻziq, koʻp urugʻli koʻsakcha. Apr. — oktyabrda gullab, mevalaydi. Bir tupi 15—20 ming mayda urugʻ beradi. Urugʻidan … Читать далее

GʻOʻZA ILDIZ BITI

GʻOʻZA ILDIZ BITI (Tprgpas1argpGʻoʻza va b. ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng … Читать далее

VIVIPARIYA

VIVIPARIYA (lot. vivus — tirik, pario — tugʻaman) — urugʻning pishib yetilmagan meva ichida ona oʻsimlikning oʻzidan koʻkarib chiqishi. Oʻta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi — gipokotili paydo boʻladi. Murtak uz. 50—70 sm ga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib oʻsa boshlaydi. Vivipariya tashqi koʻrinishdan donli oʻsimliklarning ildiz hosil qilib oʻsib chiqishiga oʻxshaydi. Guldagi … Читать далее

BETAGA

BETAGA (Festuca sulcata Hack) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildiz oldi serbarg boʻladi. Boʻyi 35—45 sm. Iyunda gullaydi. Sent. ning birinchi yarmida urugʻi pishadi. Kuzgi namlikda koʻkarib, qishda maysa boʻladi. Betaga chim hosil qiluvchi oʻsimlik. Chimning diametri 70—110 sm ga yetishi mumkin, lekin bunda chimning markazi albatta qurigan boʻladi. Togʻlarning oʻrta va yuqori … Читать далее

VINOCHILIK

VINOCHILIK — uzum va b. mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash. Oʻzbekistonda vino O k, kishmish, Baxtiyoriy, Bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, Toyfi, Husayni, Vassargʻa, Tagobi, Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon kabi mahalliy navlardan; Bayan shirey, Venger muskata, Oporto, Risling, Rkatsitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino, Morastel, Murvedr, Pushti muskat, Saperavi, Tavkveri kabi Yevropa … Читать далее