GIDROSFERA

GIDROSFERA (gidro… va sfera) — Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, Gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1491049 ming km3. G. Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng … Читать далее

GIDROELEKTR STANSIYA

GIDROELEKTR STANSIYA (GES) – suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, … Читать далее

YERNING METEOROLOGIK SUNʼIY YOʻLDOSHLARI

YERNING METEOROLOGIK SUNʼIY YOʻLDOSHLARI — bulut qatlamining atmosferada taqsimlanishini kuzatish, Yer sirti va atmosferaning issiklik nurlanishini va Quyoshning qaytgan radiatsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan apparatlar. Ob-havoni oldindan aytish uchun meteorologik maʼlumotlar olish maqsadida foydalaniladi. Mas, «Kosmos», «Molniya» tipidagi sunʼiy yoʻldoshlarning baʼzilari, «Meteor»; amerika sunʼiy yoʻldoshlari — «Tiros», «Nimbus» va b. Bular, odatda, 500—1200 km balandlikda uchadi. … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YANGON

YANGON, Rangun — Myanma davlati poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazi, eng katta shahri. Yangon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,5 mln. kishi (1990-y. lar boshi). Yangon daryosi boʻyida, Andaman dengizining Moutama qoʻltigʻi yaqinida joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 27°, apr. niki 29°, yiliga 2000 mm dan ziyod yogʻin yogʻadi. Transport … Читать далее

YERNING SUV BALANSI

YERNING SUV BALANSI — muayyan vaqt ichida Yer yuzasiga yogʻin koʻrinishida tushadigan suv mikdori bilan quruqlik va Dunyo okean i yuzasidan bugʻlanadigan suv mikdorining nisbati. Yaʼni Yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari koʻrinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bugʻli va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4—109 km3 … Читать далее

DENGIZ

DENGIZ — Dunyo okeanining bir qis-mi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kup uralgan bulsa, okeandan tafovuti shuncha kup buladi. Oke-anlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, mas, Sargasso … Читать далее

YOD

YOD, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli) , I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, at. m. 126,9045. 1811-y. da fransuz kimyogari B. Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod at. m. 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, … Читать далее

BOSQUNCHOQ

BOSQUNCHOQ — RF Astraxon viloyatidagi tuzi tagiga choʻkib turadigan shoʻr koʻl. Volga daryosidan 50 km sharqda. Katta Bogdo togʻi yaqinida. Mayd. 106 km2. B. okean sathidan 19,5 m past. Bosqunchoq oʻrni tektonik yul bilan paydo bulgan. Koʻlga koʻpdan koʻp shoʻr buloqlar va jilgʻalar quyiladi. Bosqunchoqdan tuz qazib olinadi. Пост Навигацияси

VANADIY

VANADIY (Vanadium), V — Mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, at. m. 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5»V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10y yil. Vanadiyni 1801-y. da meksikalik mineralog A. M. Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830-y. da shved kimyogari N. … Читать далее