YOMGʻIR

YOMGʻIR — bulutlardan diametri 0,5 mm dan 6—7 mm gacha boʻlgan suv tomchilari holida yogʻadigan yogʻin. Qoplama bulutli Yomgʻir hamda jala Yo. ga boʻlinadi (q. Atmosfera yogʻinlari, Jala). Oʻrta Osiyoning tekislik va togʻ oldi hududlarida Yomgʻir yil davomida kuzatiladi; yomgʻirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2—3-marta ortiq. Yomgʻir mart—apr. oylarida eng koʻp, iyul—avg. da … Читать далее

YORITISH

YORITISH — obyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yoritishning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy Yoritish inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va b. bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik … Читать далее

YOGʻINLAR

YOGʻINLAR — 1) atmosfera (bulutlar yoki havo)dan Yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yogʻinlar bulutlardan yomgʻir, qor, doʻl va muz zarralari koʻrinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yogʻin miqsori tushgan Yogʻinlarning holatidagi qatlami qalinligini (mm) oʻlchab aniqlanadi. Yogʻinlar jadalligi maʼlum vaqt (sutka, soat va b.) ichida tushgan Yogʻinlar miqdori … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

VAKUUM

VAKUUM (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. Vakuum tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning Vakuum dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami b-n gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning … Читать далее

BUGʻ QOZONI

BUGʻ QOZONI — yoqilgʻi yoqqanda oʻchoqda ajraladigan issiqlik hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori boʻlgan bugʻ olinadigan qurilma. Koʻpchilik Bugʻ qozonida ish jismi sifatida suv ishlatiladi. Bugʻ qozoni ikki yoʻnalishda rivojlangan: 1) gaz quvurli qozonlar yaratilgan (bunda silindrik qozonga avval uchtagacha katta diametrli oʻt quvurlar, soʻngra oʻnlab kichik diametrli tutun quvurlari qoʻyilgan); 2) qozonni tashkil etuvchi … Читать далее

VAKUUMDA QUYISH

VAKUUMDA QUYISH — rangli metallar qotishmasi, asosan, nikel, titan va b. ning olovbardosh qotishmalaridan 40—0,3 Pa vakuumda quymalar olish. Bunday usulda olingan quymalarning zichligi va sifati yuqori boʻladi. Vakuumda quyish bilan shakldor quymalar olishning turli usullari qoʻllaniladi. Erigan metall ustida joylashgan metallni qolipga vakuumda soʻrish va uni atmosfera yoki yuqori bosim ostida kristallash, metallostatik bosimdan … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее

VAKUUMMETR

VAKUUMMETR (vakuum va ..metr) — gazlar bosimini atmosfera bosimidan pastda — 760 dan 1013mm sim. ust. gacha (105—10» Pa) oraliqda oʻlchaydigan asbob. Ushbu bosimlar oraligʻini toʻliq qamrab oluvchi universal oʻlchashlar usuli mavjud emas, bunda gaz bosimi bilan (bevosita yoki bilvosita) bogʻlangan turli fizikaviy qonuniyatlardan foydalaniladi. Vakuummetr larning suyuqlikli, deformatsion, kompression, radiometrik, qovushoqlik, issiqlik, ionizatsion va … Читать далее

BRAGE

BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup — 1601.13.10, Praga) — daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni «astronomlar uyi» deb ataddi. Brage rasadxonada 20 y. dan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni anikladi. … Читать далее