PANDA

PANDA, kichik panda (Ailurus fuldens) — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi, urugʻning yagona turi. Baʼzan ayiqsimonlar oilasiga yoki katta panda b-n birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Gavdasi 51—63 sm, dumi 28—48 sm. Boshi dumaloq, yuz qismi kichik, rangi sargʻish, qorin tomoni va oyoqlari krramtir, «yuzi» oqish tusda. Jan.-gʻarbiy Xitoy, Nepal, Shim. Myanma, Shim.-sharqiy Hindistonda tarqalgan. Togʻ … Читать далее

PALEONTOLOGIYA

PALEONTOLOGIYA (paleo… va yun. ontos — jonzot va… logiya) — utmish geologik davrlarda mavjud boʻlgan, qazilma qol-diqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik boʻlim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat. Toshqotgan organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga maʼlum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan orga-nizmlarning qoldiqlari ekanligi … Читать далее

MUSHUKLAR

MUSHUKLAR (Felis) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz b-n miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2-marta … Читать далее

MIYA

MIYA — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning … Читать далее

MUNDA

MUNDA (oʻzlarini xoroko — odamlar deyishadi) — Hindistondagi xalq. Asosan, Bihar shtatida 2 mln. dan ortiq (1990-y. lar oʻrtalari), Bangladeshda taxm. 20 ming kishi, Gʻarbiy Bengaliya, Orissa va Madhya-Pradeshda yashaydi. Xindistonning eng kad. axoliyey ajdodi. Ularni dravidlar, soʻngra oriy qabilalar Markaziy Xindistonning togʻli, oʻrmon r-nlariga surib chiqarganlar. Munda 18-a. oxiridan inglizlarning mustamlaka asoratiga tushgan. 1818—20, … Читать далее

MOLXONA

MOLXONA — mol bokiladigan bino. Boqiladigan mol turi ga qarab qoʻylar uchun qoʻralar, qoʻtonlar, qoramollar uchun ogʻilxonalar, otlar uchun otxonalar quriladi. Ularning har biri oʻziga xos tuzilishga ega. Krramollar Molxonada boglab va bogʻlamay boqiladi. Mollar 2 qator qilib bogʻlab boqiladigan Molxonada ogʻilxona bino boʻylab qator joylashtiriladi va 1,5 m li koʻndalang yoʻllar bilan seksiyalarga boʻlinadi, … Читать далее

MOʻGʻUL OTI

MOʻGʻUL OTI — jaydari ot zoti. Uning kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ayniqsa, 12-a. oxiriga kelib, moʻgʻullar davlatining paydo boʻlishi va moʻgʻullar istilosi davrlarida yilqichilikka eʼtibor kuchaygan, Moʻgʻul oti zoti koʻplab urchitiladigan va otliq qoʻshinning asosiy harakat vositasi boʻlgan. Ular choʻl va chala choʻl sharoitiga moslashgan. Moʻgʻul oti boʻyi past, jussasi kichik boʻlishiga qaramay, … Читать далее

MICHIGAN

MICHIGAN — AQSHning shim. qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 151,5 ming km2. Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing sh. ; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt. Michigan hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi … Читать далее

PLATSENTA GORMONLARI

PLATSENTA GORMONLARI — sut emizuvchi hayvonlar va homilador ayollar platsentasida ishlanib chiqadigan va gormonlar kabi taʼsir etadigan biologik faol moddalar (gonadrotropin, estrogen, progresteron va h. k.). P. g. homiladorlikning toʻgʻri kechishini taʼminlab, tugʻish aktini tayyorlaydi. Xorionik gonadotropin baʼzi maymunlar va homilador ayollarnint tipik homildorlik gormoni boʻlib, pla-sentadan qonga oʻtadi va siydik bilan ajraladi. Bu esa … Читать далее

PASTER

PASTER (Pasteur) Lui (1822.27.12, Dol, Fransiya — 1895.28.9, Vilnyovl Etan, Parij yaqinida) — fransuz kimyogari va mikrobiologi, hoz. zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij FA (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akad. Strasburg un-ti (1849), Lill un-ti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij un-ti (1867) prof. 1888-y. Parijda xususiy mikrobiologiya … Читать далее