MUZ

MUZ — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida Muzdan iborat. Erish t-rasi — 0°. M. ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm3, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi Muzning erish issikligi … Читать далее

MELIORATSIYA

MELIORATSIYA (lot. melioraio — yaxshilash) , qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. Melioratsiya tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va b.) majmuini kerakli yoʻnalishda oʻzgartirish; tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay boʻlgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini oʻzgartirish imkoniyatini … Читать далее

MARDIKORLIK

MARDIKORLIK — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda markaziy (xon, amir) yoki mahalliy hukumat farmoni bilan natural majburiyatni bajarish, shuningdek, katta yer egalari yerida ishlovchi dehqonlar mehnatidan foydalanish. Kanal qazish, uni taʼmir qilish, harbiy istehkomlar qurish va b. ogʻir yumushlarni bajarishda mardikorlar — safarbar qilinganlardan foydalanilgan. Baʼzan markaziy hukumat farmoni bilan Mardikorlikka viloyatlar aholisi jalb etilgan. … Читать далее

MANBASHUNOSLIK

MANBASHUNOSLIK — tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi … Читать далее

MUSHKETOV Ivan Vasilyevich

MUSHKETOV Ivan Vasilyevich [1850.9 (21).1, Alekseyevskaya stanitsasi, hoz. Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geografi. Peterburg konchilik in-tini tugatgan (1872), 1877-y. dan Geologiya qoʻmitasi adyunkt-prof. 1874-75, 1877-80 y. larda Oʻrta Osiyoning geol. sini oʻrganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini «Turkiston» asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. M. … Читать далее

MIRZAOBOD TUMANI

MIRZAOBOD TUMANI — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1988-y. 2 sent. da tashkil etilgan. Dastlab Komsomol, 1992-y. 22 okt. dan Mirzaobod deb nomlangan. Viloyatning Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Boyovut, Mehnat-obod, Sharof Rashidov va Oqoltin tumanlari hamda bir qismi Qozogʻiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 41,5 ming kishi (2000). Mirzaobod tumanida 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Mehnatobod, … Читать далее

POCHTA ALOQASI

POCHTA ALOQASI — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h. k. ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar … Читать далее

PAXTAKOR TUMANI

PAXTAKOR TUMANI — Jizzax viloyati tarkibidagi tuman. 1967-y. 9 yanv. da Mirzachoʻl jan.-gʻarbidagi oʻzlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974-y. Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan ushbu viloyat tarkibiga oʻtkazilgan. Gʻarbda Zafaro-bod va Arnasoy, shim. da Doʻstlik, sharqda Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanlari va viloyatning Zarbdor, jan. da Jizzax tumanlari bilan che-garadosh. Mayd. … Читать далее

MINGBULOQ TUMANI

MINGBULOQ TUMANI (1994-y. gacha Zadaryo tumani) — Namangan viloyatidagi tuman. 1952-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq va boʻz yerlarida. Shim. dan viloyatning Chust va Toʻraqurgʻon, shim.-sharqdan Namangan, shim.-gʻarbdan Pop tumanlari, jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulugʻnor, jan. va jan.-gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming … Читать далее

MARQA

MARQA — oʻzbek qabilalaridan biri. Marqalar 20-a. ning boshlarigacha Zaraf-shonning oʻrta va yuqori oqimida, ayrim guruxlari Surxondaryo viloyatida tarqoq holda yashagan. Marqa oʻtmishda qabila uyushmasi boʻlib, uning tarkibiga ming, qirq, yuz qabilalari kirgan. Okt. toʻntarishidan oldin Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi qirq, yuz, ming qabilalari oʻzlarini «marka bolasi» deb, Kofirnihon daryo vodiysida (Tojikiston) yashovchi Marqalar, … Читать далее