TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet … Читать далее

KUNGAY OLATOV

KUNGAY OLATOV — Tyanshanning shim. dagi tizma. Qozogʻiston b-n Qirgʻiziston chegarasida. Jan. da Issiqkoʻl bilan chegaradosh. Kungay Olatov gʻarbda Boʻoʻm darasidan sharkda Charin daryosi (Ilining chap irmogʻi) ning bosh qismiga qadar (200 km ga) choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi — Choʻqtal togʻi, 4771 m. Granit, slanes va qumtoshlardan tarkib topgan. Shim. yon bagʻri jan. yon bagʻriga … Читать далее

XOʻJABAQIRGʻON

XOʻJABAQIRGʻON — Fargʻona vodiysidagi dare. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 117 km. Havzasining umumiy mayd. 2150 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,3 m3sek. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Koʻp qismi Qirgʻiziston hududidan oqadi, suvi sugʻorishga sarflanib, Tojikistonning Xoʻjand sh. yaqinida tugaydi. Пост Навигацияси

KETMONTOV

KETMONTOV — Tyanshandagi togʻ tizmasi. Gʻarbiy qismi Qirgʻiziston Res-publikasi, sharqiy qismi Xitoy hudu-dida. Uz 300 km, bal. 3638 m gacha (Osmontogʻ). Granit, ohaktosh va porfirdan tarkib topgan. Togʻ tepalari yassi, shim. yon bagʻri keng, jan. yon bagʻri qisqa va tik. Togʻ etaklari va jan. yon bagʻri dasht oʻsimliklari, shim. yon bagʻri esa Tyanshan qoraqaragʻay oʻrmonlari … Читать далее

KARKIDON SUV OMBORI

KARKIDON SUV OMBORI — Fargʻona viloyati Quvasoy daryosidagi gidrotexnika inshooti. Suv ombori Fargʻona viloyati Kuva tumani bilan Qirgʻiziston Respublikasi chegarasida, Nazarota togʻoldi bilan Quvasoy vodiysi adirlari oraligʻidagi tabiiy botikda qurilgan. Birinchi navbati 1961—63 y. lar oxirida, ikkinchi navbati 1967-y. da qurib bitirildi. Karkidon suv ombori toʻgʻoni bal. 70 m, uz. 420 m. Umumiy hajmi 218,4 … Читать далее

XONTANGRI

XONTANGRI — Markaziy Tyanыpan togʻlaridagi choʻqki. Qirgʻiziston hududining eng sharqiy chekkasida, bal. 6995 m. Piramida shaklida. Paleozoy yoshidagi marmar va marmarlashgan ohaktoshdan tashkil topgan. Choʻqqini 1857-y. da P. P. SemyonovTyanshanskiy X. deb atagan; ungacha qirgʻizcha Qantoo, yaʼni Xontogʻ deb atalar edi. Ilk oʻrta asrdan maʼlum boʻlgan hakiqiy Xontangri choʻqqisi jan. roqda Qaqshal tizmasida boʻlib, Gʻalaba … Читать далее

TOʻQTAGʻUL

TOʻQTAGʻUL, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1864.25.10, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati Toʻqtagʻul tumani — 1933.17.2, Sassijiyda qishlogʻi) — qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri. 1898-y. Andijondagi xalq isyonida qatnashgan deb qamoqqa olingan va Sibirga surgun qilingan. 1910-y. Vataniga qaytgan. Chondu, Sartboy, Esenamen va b. xalq baxshilari repertuaridan ilhomlangan. Yoshligidan qoʻbiz chertib, qoʻshiq kuylagan, dostonlar aytgan («Kojojash», … Читать далее

KOʻKSUV TIZMASI

KOʻKSUV TIZMASI — Piskom togʻ tizmasi (shim.-gʻarbda) bilan Chatqol togʻ tizmasi (jan.-sharqda) oraligʻida (Toshkent viloyati)da joylashgan. Uning suvayirgʻich qismidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi davlat chegarasi oʻtgan. Jan. da Chatqol daryosi vodiysidan to Piskom tizmasi bilan tutashgan joygacha (Qoratepa togʻi — 3685 m) choʻzilgan. Oʻz. 50 km dan ziyod. Uning tarkibiga Chatirtepa, Kengyaylov tizmalari kiradi. … Читать далее

XALILIY

XALILIY — ertapishar uzum navi. Bu navning Qora X. va Oq X. xillari bor. Qora yoki qizil X. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston Turkmanistonda tarqalgan. Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (280—300 g), shingillari tigʻiz. Gʻujumi yirik, tuxumsimon, toʻq kizil, eti sershira, karsillaydi, pusti yupqa. Tarkibida kand mikdori 17—18%, nordonligi 4—4,5%. … Читать далее

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (OʻzSSR), Oʻzbekiston SSR — Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan va SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalk Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Mayd. 447 400 km2. … Читать далее