TERI

TERI — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b. da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun … Читать далее

XORIOIDIT

XORIOIDIT (lot. chorioida — koʻzning tomirli pardasi) — quzning tomirli pardasi yalligʻlanishi. Bunda, koʻz toʻr pardasi ham zararlanadi (xorioretinit). Kupincha, sil, zaxm, tugʻruqdan keyingi sepsis, koʻzning shikastlanishi va b. oqibatida kelib chiqadi. Infeksiya tomirli pardaga qon orqali oʻtadi. Xorioiditda oʻchokdi yalligʻlanish kuzatiladi, keyinchalik tomirli va toʻr pardaning yalligʻlangan kismi atrofiyata uchraydi, koʻz xiralashadi. Kasallik belgilariga … Читать далее

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar — xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar boʻlib, ginekologiya fani oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun organizmga taʼsir qiladi. Barcha aʼzo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin-qizlar kasalliklariga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar oʻz navbatida boshqa aʼzo va sistemalar … Читать далее

OʻPKA EMFIZEMASI

OʻPKA EMFIZEMASI (yun. — puflanish) — oʻpkaning kengayishi va harakatining cheklanishi, nafas va qon aylanish funksiyalarining buzilishi bilan kechadigan kasallik. Cheklangan (oʻpkaning ayrim joylarini qamrab oladigan) va diffuz (umumiy), oʻtkir va surunkali Oʻpka emfizemasi farq qilinadi. Surunkali, diffuz Oʻpka emfizemasi keng tarqalgan oʻpka kasalligi boʻlib, u har qanday yoshda, koʻproq 40—50 yoshdan keyin kuzatiladi va … Читать далее

KAXEKSIYA

KAXEKSIYA (yun. kakos — yomon, hexis — ahvol) — ochlik, toʻyib yoki yolchitib ovqat yemaslik, moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, choʻp-ustixon boʻlib qolish. Alimentar distrofiya, surunkali zaharlanishlar (margimush, simob va b. dan), holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak), shuningdek, ichki sekretsiya kasalliklari, baʼzi avitaminozlar Kaxeksiyaga olib keladi. Gavda vazni keskin kamayib ketadi, … Читать далее

ENTERIT

ENTERIT (yun. — ichak) — ingichka ichakning yalligʻlanishi. Odatda, Enterit yakka holda kechmay, aksari ingichka va yoʻgʻon ichaklarning baravar yalligʻlanishi — enterokolit yoxud ichak va meʼdaning bir vaqtda yalligʻlanishi — gastroenterit koʻrinishida uchraydi. Oʻtkir va surunkali Enterit farqdanadi. Oʻtkir Enterit aksari yoz va kuzda (koʻproq issiq vaqtda) kuzatiladi. Odamda, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar (yaʼni buzilib qolgan … Читать далее

ELEKTR BILAN DAVOLASH

ELEKTR BILAN DAVOLASH, elektroterapiya — elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim boʻlimi. Elektr bilan davolash faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo choralari bilan birga qoʻllaniladi. Bemorni davolashda Elektr bilan davolash yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past quchlanishli oʻzgarmas elektr toki (q. Galvanizatsiya), oʻzgaruvchan toklar (q. Darsonvalizatsiya, … Читать далее

EKSSUDAT

EKSSUDAT (lot. — tashqariga chiqaman, ajralaman) — yalligʻlanish tufayli mayda venalar va kapillyarlardan atrofdagi boʻshliq va toʻqimalarga sizib chiqadigan suyuqlik. Tarkibida oqsil, leykotsitlar, eritrotsitlar va koʻpincha mikroblar boʻladi. Ekssudat hamma yalligʻlanish jarayonlarida hosil boʻlib, tana boʻshliklarida toʻplanadi. Ekssudat atrofdagi toʻqimalarni siqib, ular faoliyatining buzilishiga, yalligʻlanish oʻchogʻidan toʻqimalarga yorib oʻtganda infeksiya tarqalishiga sabab boʻladi. Tarkibiga koʻra, … Читать далее

BACHADON BOʻYNI EROZIYASI

BACHADON BOʻYNI EROZIYASI — bachadon boʻyni shilliq qavatining yuza shikastlanishi. Bachadon boʻyni eroziyasi eta koʻpincha jinsiy aʼzolardati shishlanish kasalliklari (kolpit va b.) sabab boʻladi; bu kasalliklarda bachadondan koʻp chiqindi ajraladi, bundan tashqari, bachadon boʻynidagi bezlar ham koʻp shilliq ajratadi, natijada shilliq qavat yuzasi bichilib, shilinadi. Bachadon boʻyni eroziyasi abort, tugʻruq vaqtida bachadon boʻyni shilliq qavatining … Читать далее

KATAR

KATAR (yun. katarrheo — oqib tushaman) , kataral yalligʻlanish — shilliq pardalarning qizarishi, boʻrtishi va shilimshiqaralash koʻp suyuqmodda (ekssudat) chiqishi bilan kechadigan yalligʻlanish. Ekssudat tiniq (seroz), shilim-shiq, baʼzan yiring aralash boʻladi. Katarga, koʻpincha, infeksiya (yuqori na-fas yoʻllari va bronxlar katari) sa-bab boʻladi. Meʼda K. — gastrit, odatda, ovqatlanish maromining buzili-shi, ichkilik va tamakiga ruju qilish, … Читать далее