MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MARVARIDGUL

MARVARIDGUL (Convallaria) — pi-yozguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, ekma gul. Baʼzan mustaqil tur sifatida ajratiladigan may M. (S. majalis) turi ekiladi. Marvaridgul namsevar, ildizi gorizontal joylashadi, 2 yoki 3 ta uzun bandli choʻziq ildizoldi barglari mavjud. Ildizpoyasidan oʻsib chiqqan bachkilari orqali koʻpayadi. Gulbandi (20 sm)ning bir tomoniga xushboʻy oq gullar joylashgan. May—iyun … Читать далее

MAXDUMI AʼZAM MAJMUASI

MAXDUMI AʼZAM MAJMUASI — Samarqand viloyati Dahbed q. dagi meʼmoriy yodgorlik (16—19-a. lar). Majmua mashhur shayx, sufiylar namoyandasi Maxdumi Aʼzam nomi bilan bogʻliq. Asli fargʻonalik boʻlgan ul zot Samarqand hokimi Jonibek Sulton tomonidan Samarqandga taklif etilgan. Oʻgʻli Iskandar Sulton uni oʻzining piri deb eʼzozlagan. Maxdumi Aʼzam 78 yoshida shu Dahbed q. da vafot etgan. 1610-y. … Читать далее

MISR GʻOʻZASI

MISR GʻOʻZASI — uzun tolali peru gʻoʻzasi navlarining bir yillik ekologi k guruhi. Koʻp yillik peru gʻoʻzasi shakllari Amerika (Peru)dan Misrga (1818— 20) keltirilgan va bu yerda Misrning mashhur ingichka tolali Ashmuni (1863— 65), Afifi (1887), Yanovich va b. gʻoʻza navlarini yaratishga asos boʻlgan. 1928—29 y. larda Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda Misr gʻoʻzasi navlari ekilishi … Читать далее

MOʻGʻUL OTI

MOʻGʻUL OTI — jaydari ot zoti. Uning kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ayniqsa, 12-a. oxiriga kelib, moʻgʻullar davlatining paydo boʻlishi va moʻgʻullar istilosi davrlarida yilqichilikka eʼtibor kuchaygan, Moʻgʻul oti zoti koʻplab urchitiladigan va otliq qoʻshinning asosiy harakat vositasi boʻlgan. Ular choʻl va chala choʻl sharoitiga moslashgan. Moʻgʻul oti boʻyi past, jussasi kichik boʻlishiga qaramay, … Читать далее

MINGOʻRIK

MINGOʻRIK, Mingoʻriktepa — qad. shahar xarobasi (1 —13-a. lar). Mahalliy aholi oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi b-n ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr (toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent t. y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar xarobasi oʻrnida 19-a. da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz. shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning … Читать далее

MENGIRLAR

MENGIRLAR (bretancha ten — tosh hir — uzun) — jez va ilk temir davrida marhumlar xotirasiga qoʻyilgan megoligpik inshootlarning bir turi. Uzun tosh ustunlardan iborat boʻlib, yerga tik holda oʻrnatilgan. Bal. 4—5 m dan to 20 m gacha (Frans iyada boʻyi 20 m, ogʻirligi 300 tonnaga yaqin Mengirlar bor). Baʼzan Mengirlar uzun yoʻlak yoki halqasimon … Читать далее

MAKRO…

MAKRO… (yun. macros — katta, uzun) — qoʻshma soʻzlar boʻlagi. Katta, yirik, uzun maʼnolarini bildiradi (mikro… ning aksi). Mas, makroiqlim, makromolekula, makroiqtisodiyot. Loading… Пост Навигацияси Previous PostMAKOVSKIY Vladimir Yegorovich Next PostMAKROIQLIM

METANEFRIDIYLAR

METANEFRIDIYLAR (yun. Meta – oraliq, keyin, orqali va nefridiy) — umurtqasiz hayvonlar, asosan, halqali chuvalchanglarning metamer joylashgan juft ayirish organi (q. Metameriya). Ektodermadan yoki mezodermal nefroblastlardan rivojlanadi. Metanefridiylar naysimon organlar boʻlib, voronkaga oʻxshab kengaygan kiprikli qismi (ne-frostom) ikkilamchi tana boʻshligʻi (selom)ga, keyingi ingichkalashgan qismi tananing navbatdagi boʻgʻimiga oʻtib, teri sirtiga ochiladi. Nefridiy nayi uzun va … Читать далее

MELANJ GAZLAMA

MELANJ GAZLAMA — har xil rangga boʻyalgan tolalar (paxta, jun, kim-yoviy va sunʼiy tolalar) aralashmasidan yigiriladigan bir ipli yoki pishitilgan kalava ip (melanj ip) dan toʻqiladigan rangdor gazlama. Keng tarqalgan xillari: triko, sheviot, drap, diagonal, koverkot, movut. Jun tolalaridan toʻqilgan Melanj gazlama nomiga «melanj» soʻzi qoʻshiladi, mas, mo-vut-melanj, drap-melanj va h. k. Oddiy rangdor yoki … Читать далее