MOSKVA

MOSKVA — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, RF hukumati, Konstitutsiyey Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, RF Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd sh.) boʻlingan. Shahar chegarasi, … Читать далее

MNEMOSXEMA

MNEMOSXEMA — boshqariladigan obyektning boshqarish pulti, shchiti, paneli yoki signal tablosiga oʻrnatiladigan shartli tasviri. Mnemosxema obyektning holatini yoki i. ch. jarayonining borishini yaqqol koʻrsatib turadi. Ishorali (belgili) va yorugʻlikli xillarga boʻlinadi. Boshqariladigan (yoki nazorat qilinadigan) obyekt elementlari umumiy qabul qilingan elektr, texnologik, transport va b. sxemalarda tasvirlanadi. Mac, elektr st-ya M. sida dvigatel va generatorlar … Читать далее

MANDALAY

MANDALAY, Mandale — Myanmaning markaziy qismidagi shahar. Mandalay viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 5,8 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Iravadi daryosi boʻyidagi yirik port. Ip gazlama, yogʻmoy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, kema taʼmirlash va t. y. ustaxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda shoyi toʻqiladi, yogʻoch va … Читать далее

MAYNS

MAYNS — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi boʻyida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, dare porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oyna, sement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Un-t (1477), konservatoriya, Fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va b. muzeylar bor. Meʼmoriy … Читать далее

MYUNXEN

MYUNXEN — Germaniyadagi shahar, Alp togʻlari etagida, Izar daryosi boʻyida. Bavariya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Elektrotexnika, radioelektronika, optika-mexanika, umumiy va transport mashinasozligi (jumladan, avtomobilsozlik, lokomotivsozlik va samo-lyotsozlik), harbiy, kimyo, trikotaj, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. … Читать далее

PESHOVAR

PESHOVAR — Pokistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Bar daryosi (Kobulning irmogʻi) boʻyida, Haybar dovonidan 18 km narida, Shim.-gʻarbiy Chegara viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 988 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. K,. x. (bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, tamaki) rayonining savdosanoat markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, metal-lsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda nafis shoyi, ip gazlama, movut, charm, metall va kulolchilik … Читать далее

MUSODARA

MUSODARA — shaxsga tegishli mulkni pul toʻlamasdan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga oʻtkazish. Mulk uning egasidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik uchun sud qaroriga muvofiq olinadi va bahosi belgilanib, Musodara qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasida mahkumning mulkini Musodara qilish jazosi 2001-y. avg. da bekor qilingan (JK, 53modda). Pekin jinoyat yoʻli bilan orttirilgan yoki jinoyat … Читать далее

POTOK LINIYA

POTOK LINIYA — korxonalarda de-tallar tayyorlash yoki buyumlarni yi-gʻishda bajariladigan texnologik ja-rayonlar ketma-ketligiga moslab (potok usulida) joylashtirilgan va birbiriga bogʻlangan ishlov beruvchi mashinalar (yoki ish oʻrinlari) maj-mui. Har bir mashina yoki ish oʻrni maʼlum ishga moslanadi, unda umumiy ishning maʼlum qismi bajariladi. Har bir ishchi maʼlum ishga ixtisoslashadi. Operatsiyalar oson-qiyinlik va vaqt jihatdan har bir … Читать далее

MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее

MULK IJARASI

MULK IJARASI — haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish. Ushbu munosabatda 2 mustaqil taraf — ijaraga beruvchi (yaʼni, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan shaxs) va ijaraga oluvchi qatnashadi. Ular oʻrtasida Mulk ijarasi shartnomasi tuziladi. Mulk ijarasidan ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham manfaatdordir. Ijaraga beruvchi muayyan xaq (daromad) oladi, ijaraga … Читать далее