TOSHBAQATOL

TOSHBAQATOL (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan koʻsakcha. May — iyudda gullaydi, avg. da urugʻi pishadi. T. Toshkent, … Читать далее

TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR

TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR (plantae viviparae) — ona oʻsimlikning yer ustki organlari (meva, gul, toʻpgul va barglari)da mayda yashil oʻsimliklar shakllanib, yerga toʻkilgach, yetuk individga aylanadigan oʻsimliklar. Mangro oʻrmonlaridagi koʻp oʻsimliklarning osinchoq mevalarida yirik oʻsimtalar (oʻsimlikcha) rivojlanadi. Boshqa Tirik tugʻuvchi oʻsimliklarning gul oʻrni va toʻpgullarida vegetativ kurtaklar rivojlanib, ular ona oʻsimliqdan ajralmasdan oʻsadi va yosh oʻsimlikka … Читать далее

FINIK PALMASI

FINIK PALMASI, xurmo palmasi, feniks (Phoenix) — palmadoshlar oilasiga mansub ikki uyli daraxtsimon oʻsimliklar turkumi. Afrika va Osiyoning tropik va subtropik mintaqalarining daryolarga yaqin, yer osti suv manbalari bor qurgʻoq joylarida, vodiylarda, botqokliklarda 15 turi usadi. Asil Finik palmasi (Ph. dactylifera) yoki arab xurmosi turi — Shim. Afrika, Arabiston yarim oroli, Jan. Eron, Afgʻoniston va … Читать далее

PROLIFERATSIYA

PROLIFERATSIYA (lot. proles — avlod, nayel va facio — bajaraman) — 1) odam va hayvonlarda yangi hujayralar paydo boʻlishi va koʻpayishi natijasida toʻqimalarning oʻsib ketishi (q. Giperplaziya, Gipertrofiya); 2) oʻsimliklarda — oʻsishdan va rivojlanishdan toʻxtagan birorta organdan boshqa bir organning rivojlanishi. Mas, barg chiqargan novdadagi guldan yangi gul yoki toʻpgul rivojlanishi (atirgul, ananas, kulupnay va … Читать далее

TURNEPS

TURNEPS, xashaki sholgʻom (Brassuca gara gara) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik, yemxashak ekini. Yevrosiyoda yovvoyi turidan kelib chiqqan. Yer sharining barcha dehqonchilik mintaqalarida faqat ekma holida tarqalgan. Ekilgan yili ildiz boʻgʻizi barg bandlari hamda yirik ildizmeva hosil qiladi. 2yili ekilgan ildizmevaning bosh qismidagi kurtaklardan gulpoya, toʻpgul va urugʻli mevalar rivojlanadi. Mevasi koʻp urugʻli … Читать далее

OQCHITIR

OQCHITIR, qargʻatirnoq (Euclidium syriacum) — butguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi asosidan tarvaqaylagan, sershox, qat-tiq tuklar b-n qoplangan, boʻyi 10 — 30 sm. Barglari bandli, choʻzinchoq, ket-ma-ket joylashgan, chetlari siyrak tishli, tukli. Gullari oq yoki oqish-sariq, bandsiz, poya uchida shoda toʻpgul hosil qiladi. Mevabandi yoʻgʻon, me-vasi — qoʻzoq. Ildizi oʻq ildiz. May — iyulda … Читать далее

EVKALIPT

EVKALIPT (Yeisa1urgi8) — mirtadoshlarga mansub doim yashil daraxt yoki butalar turkumi; dorivor oʻsimlik. Avstraliya va uning atrofidagi orollarda 500 dan ortiq turi tarqalgan. Tropik va subtropiklarda koʻp ekiladi (mas, Braziliyada Evkalipt ekilgan maydonlar Avstraliya, Ispaniya, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalardagidan koʻproq). Gʻarbiy Gruziya, Qrim va Ozarbayjonda Evkaliptning sharsimon, kulrang va xivchinsimon turlari oʻstiriladi. Tanasi … Читать далее

XINA DARAXTCHASI

XINA DARAXTCHASI (Lawsonia inermis) — derbendoshlar oilasiga mansub issiqsevar buta. Yovvoyi holda Afrikaning sharqida, Madagaskar o. da, Osiyoning tropik orollarida oʻsadi. Shim. Afrika, Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Kichik Osiyo va Arabistonda manzarali va boʻyoq beruvchi bir yillik oʻsimlik sifatida qadimdan ekiladi. Poyasi qirrali, qattiq va sershox. Boʻyi 15 sm dan 2—3 m gacha. Barglari bandsiz, choʻziq … Читать далее

XIN DARAXTI

XIN DARAXTI, sinxona (Cinchona) — roʻyandoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar turkumi. Daraxt va butalardan iborat 40 turi bor. X. d. dengiz sathidan 1000—3000 m balandda, Jan. Amerikada And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Indoneziya, Hindixitoy, Hindiston, ShriLanka o. da keng miqyosda ekiladi. Zakavkazyening Krra dengiz sohillarida qalamchasidan bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Boʻyi … Читать далее

NELSON GʻOʻZASI

NELSON GʻOʻZASI (Gossypiutn nelsonii Frux.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Birinchi marta 1974-y. da amerikalik olim P. Friksel taʼriflab bergan. Avstraliyaning shim.-gʻarbiy qismida, tog massivining shim. tomonidagi qoyalar bagʻrida tarqalgan. Nelson gʻoʻzasi boʻyi 2 m gacha yetadigan, qalin tuklar bilan qoplangan tik oʻsuvchi buta. Barglari dumaloq tuxumsimon shaklda, uchi toʻmtoq, baʼzan barg boʻlaklari zoʻrgʻa seziladi. Barg … Читать далее