MADRASA

MADRASA (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a. larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a. larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Madrasa larda milliy ziyolilar … Читать далее

MADRID UNIVERSITETI

MADRID UNIVERSITETI — Ispaniyadagi yirik oliy oʻquv yurti. Alkalade Enares (1508) va Madriddagi Markaziy un-t (1821)larni birlashtirish (1836) natijasida tashkil topgan. 1850-y. dan Madrid universiteti deb ataladi. Falsafa, filol., tabiiy fanlar, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, siyosiy va iqtisodiy fanlar, psixologiya va psixotexnika, statistika, stomatologiya, sud tibbiyoti, amaliy yurisprudensiya, qiyosiy huquq, aloqa, dengiz floti, sotsiologiya va … Читать далее

MAGISTRATURA

MAGISTRATURA (lot. magistratus — boshliq) — 1) Qad. Rimda davlat lavozimi; 2) ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) koʻp davlatlarda oliy taʼlim bosqichi; 4) Oʻzbekistonda aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida 2 y. davom etadigan oliy taʼlim. Magistrlik dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya … Читать далее

MAVAYEVA Gulnora Nizomovna

MAVAYEVA Gulnora Nizomovna (1931. 30.7, Samarqand) — balerina, raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Tamaraxonim nomidagi balet maktabida (1939—41), Navoiy teatrining balet studiyasida (1944—48) taʼlim olgan. Moskva xoreografiya bilim yurti qoshidagi oʻzbek balet studiyasini (1951), Leningrad xoreografiya bilim yurtining pedagogika boʻlimini (1971) tugatgan. 1945—49 va 1951—67 y. lar Navoiy teatrida yetakchi balet solisti. Toshkent xoreografiya bilim … Читать далее

MAʼLUMOT

MAʼLUMOT (pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. Maʼlumot insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim … Читать далее

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI — bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. … Читать далее

MADL

MADL Ferens (1931.29.1, Vesprem viloyatining Bend qishlogʻi) — Vengriya davlat arbobi. Falsafa va huquq fanlari d-ri. Budapesht untining huquq f-tini tugatgan (1955). 1963—71 y. larda Vengriya FA Qonun chiqarish va davlat in-ti xodimi, 1978-y. dan Budapesht unti huzuridagi Fuqarolik huquqi in-ti, 1985-y. dan un-tning xalqaro xususiy huquq f-ti rahbari, 1990-y. dan Vengriya hukumatining fan sohasidagi … Читать далее

PEKIN UNIVERSITETI

PEKIN UNIVERSITETI — Xitoydagi qad. va eng yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1898-y. Oliy poytaxt mak-tabi sifatida tashkil etilgan. 1911-y. dan Pekin universiteti deb yuritiladi. 1920-y. larda un-tda yozuvchi Lu Sin dare bergan. 1937—45 y. lardagi milliy ozodlik urushi davrida Pekin universiteti Yunnan viloyatining Kunmin sh. ga koʻchirilgan. 1952-y. da u qayta tashkil qilinib, unga … Читать далее

PEDAGOGIKA

PEDAGOGIKA (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan … Читать далее

MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее