TAROZI

TAROZI — jismga taʼsir etuvchi ogirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. T. qad. oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy Tarozi qad. Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, i. ch. va fanning rivojlanishi bilan Tarozi astasekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna … Читать далее

CHASHNACHILIK

CHASHNACHILIK (forstoj. chashoni — tatib koʻrish, yedirish) — uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki oʻsimlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda — koʻrish, hidlash, taʼm bilish, eshitish aʼzolari orqali aniqlash. Vinochilikda vinoning isteʼmol qimmatini hamda i. ch. jarayonida uning sifatini maxsus chashnachi ustalar baholaydilar. Tajribali vinochichashnachi kimyoviy taxdil yoki maxsus asboblar yordamida olingan vino yoki vino mahsulot … Читать далее

QUYOSH HALQASI

QUYOSH HALQASI — Quyoshning mos balandliklarini kuzatish usuli boʻyicha vaqt tuzatmasi aniqlanadigan as-bob; ichi shkalali metall halqa. Nayza uchiga oʻrnatilgan (rasmga q.). Nayzadan taxm. 45° masofada teshikcha ochilgan. Tushdan 2 soat oldin Quyosh teshik orqali hosil qiladigan yorugʻ nuqtaning shkala boʻlaklaridan oʻtish momenti tekshiriladigan soatda belgilab qoʻyiladi. Kuzatish tushdan keyin takrorlanadi. Bu momentlar yigʻindisining yarmi … Читать далее

NATROLIT

NATROLIT (natriy va yun. lithos – tosh) — seolitlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Na2 Al2 Si2 O82N2O, baʼzan Na oʻrnida K va Sa boʻlishi mumkin. Kristallokimyoviy strukturasi tipi boʻyicha karkasli alyu-mosilikatlarga kiradi. Rombik va tet-ragonal singoniyalarda kristallanadi. Kristallari, asosan, ingichka ignasimon, shuningdek, radial-nursimon, tolasimon. Donali zich uyumlardan iborat. Odatda rangsiz, kulrang yoki sar-gʻimtir, qizgʻish. … Читать далее

GEOXRONOLOGIYA

GEOXRONOLOGIYA (geo… va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq G. ga boʻlinadi. Nisbiy Geoxronologiya togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam (choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) pastidagidan yosh boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy … Читать далее

STRATIGRAFIYA

STRATIGRAFIYA (lot. stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan togʻ … Читать далее

TERMOMETR

TERMOMETR (termo… — issiq va metr) — trani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va b. ning traga bogʻlikligiga asoslangan. Termometrning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli Termometr, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan toʻldirilgan boʻladi. t-ra ortishi bilan rezervuardagi simob … Читать далее

BOFORT SHKALASI

BOFORT SHKALASI — shamol kuchini baholash uchun moʻljallangan 12 balli shkala (jadval); shamolning yerdagi buyumlarga taʼsiri va dengizning toʻlqinlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bofort shkalasiga koʻra, 12 ball quyidagicha belgilanadi (baʼzi ballarga nisbatan): O ball — shtil (shamol esmayotgan payt, bunda tutun tikka kutariladi, dengiz suvining sathi koʻzguday tinch turadi); 4 ball — moʻtadil shamol (shamol … Читать далее

RIXTER SHKALASI

RIXTER SHKALASI — magnitudalar (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) boʻyicha zilzilalarni tasniflovchi jadval. Zilzila (yoki portlash) vaqtida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini baholashga asoslanadi. Rixter shkalasiga 9 balli sistema asos kilib olingan. Rixter shkalasi boʻyicha zilzila magnitudasi va 12 balli shkala boʻyicha epitsentr (zilzila oʻchogʻi) dagi uning kuchi oʻrtasidagi nisbat oʻchoqning chuqurligiga bogʻliq. Shkala 1935-y. amerikalik … Читать далее

NIKELIN

NIKELIN, qizil nikel kolchedan i — arsenidlar sinfiga man-sub mineral. Kimyoviy tarkibi NiAs. Aralashma sifatida So, Fe, Sb, S va b. boʻladi. Geksagonal singoniyali kri-stallari kam uchraydi, koʻpincha dona-dor yaxlit yoki tayoqchasimon massalar hosil qiladi. Rangi och qizil, metal-lsimon yaltiroq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 5,5—6,0. Zichligi 7600—7800 kg/m3. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Nikelin magmatik va … Читать далее