MAHMUD TARZIY

MAHMUD TARZIY (1866, Gʻazna – 1935, Istanbul) — Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va b. shaharlarda taʼlim olgan. 1803-y. da Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—19 y. larda «Sirojul-axbor» («Xabarlar chirogʻi») gaz. noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri … Читать далее

MASʼUD YALAVOCH

MASʼUD YALAVOCH, Masʼudbek (? — 1289) — Turkiston va Movarounnaxrni moʻgʻullar nomidan idora etgan amaldor (1239—89). Mahmud Yalavochnit oʻgʻli. Mahmud Torobiy qoʻzgʻolonidyan soʻng qoʻzgʻolonchilarga nisbatan yetarli darajada qattiqqoʻl siyosat yurgizmagan otasi Xitoyga joʻnatilgach, uning oʻrniga Oʻqtoyxon tomonidan tayinlangan Masʼud Yalavoch yarim asr mobaynida har qanday siyosiy toʻntarishlarga qaramay, Uygʻuristondan Xorazmga qadar boʻlgan Oʻrta Osiyo hududida … Читать далее

MID

MID (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — ingliz iqtisodchisi. 1937-y. da Millatlar Ligasi kotibiyatida «Jahon iqtisodiy sharhi» nashri muharriri. 1940-y. da Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shugʻullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining … Читать далее

MARSHALL OROLLARI

MARSHALL OROLLARI, Marshall Orollari Respublikasi (The Republic of Marshall islands) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Marshall orollari arxipelagida joylashgan davlat. Arxipelag bir necha yuz orolning 2 guruhi: Radak va Ralikdan iborat. Mayd. 180 km2. Aholisi 70,82 ming kishi (2001). Poytaxti Majuro o. dagi Majuro sh. Maʼmuriy jihatdan 25 tuman (district)ra boʻlingan. Deyarli barcha aholisi mikronezlar … Читать далее

PAXTA TOZALASH SANOATI

PAXTA TOZALASH SANOATI — yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P. t. ye. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-y. da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati … Читать далее

MAO SZEDUN

MAO SZEDUN (1893.26.12, Xunan viloyati Syantan uyezdi — 1976.9.9, Pekin) — Xitoy Kompartiyasi (XKP) MK raisi (1943-y. dan), XKP asoschilaridan biri. 1954—59 y. larda XXR raisi. U oʻtkazgan «katta sakrash» siyosati (1958— 60) Mao Szedunning davlatdagi obroʻsiga putur yetkazdi. 1959-y. dan Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldirildi (mamlakatda millionlab nusxada Mao Szedun asarlaridan koʻchirma kitobchalar, … Читать далее

MALIKSHOH

MALIKSHOH, Abulfath Jaloliddin (1055—1092) — saljuqiylar sultoni (1072—92). Malikshoh 1072-y. otasi Alp Arslon oʻrniga taxtga oʻtirgan va davlatni vazir Nizomulmulknit kuchli taʼsiri ostida boshqargan. Nizomulmulk uning otasi davrida ham vazir boʻlib, yosh Malikshohga murabbiylik ham qilgan, Malikshoh uni oʻz homiysi — otabek deb atagan. Malikshoh otasi kabi iqtidorli sarkarda boʻlgan. Uning hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati … Читать далее

PAVEL I

PAVEL I [1754.20.9(1.10) – Peterburg — 1801.12. (24).3] — Rossiya imperatori (1796-y. dan), Pyotr 111 va Yekaterina II ning oʻgʻli. Rossiyada harbiypolitsiyachilik rejimini, armiyada pruss tartiblarini joriy qilgan; dvoryanlar imtiyozlarini cheklagan, oʻzboshimcha siyosat yurgizgan. Dastlab inqilobiy Fransiyaga qarshi chiqqan, lekin, 1800-y. Napoleon I bilan ittifoq tuzgan. Gvardiyachi zobitlar fitnasi natija-sida oʻldirilgan. Пост Навигацияси

TIBERIY

TIBERIY (Tiberius)(Mmi. av. 42 — mil. 37) — Rim imperatori (14 y. dan). Yuliylar — Klavdiylar sulolasidan. Avgustnnng oʻgay oʻgʻli. Pretorianlarga tayanib avtokratik siyosat yurgizgan. Provinsiyalardagi soliq tizimini tartibga solishga xdrakat qilib, oʻz mansabini suiisteʼmol qilgan noiblar va olibsotarlarni taʼqib ostiga olgan, jamoat binolari qurilishi va turli tomoshalarga sarflanadigan mablagʻlarni, shuningdek, plebeylarga tarqatiladigan pul va … Читать далее

KRESTYANLAR ARMIYASI

KRESTYANLAR ARMIYASI — Rossiyadan koʻchirib keltirilgan rus mujiklaridan Jalolobodsa tuzilgan armiya (1918—20). Jalolobod va Oʻshdagi rus qishloqparining aqolisi chor Rossiyasi davrida koʻchib keltirilgan rus krestyanlaridan tashqil topgan boʻlib, 1918-y. koʻzida ularga sovet hokimiyati oʻzlarini himoya qilish uchun qurol-yarogʻ tarqatgan. Turkiston Respublikasi harbiy komissari K. Osipov 1918-y. dek. da Fargʻovada Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan uchrashadi. Polkovnik … Читать далее