SHENYAN

SHENYAN, Mukden — Xitoyning shim. sharqiy qismidagi shahar, Xuanxe daryosi boʻyida. Lyaonin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (shahar atrofi bilan, 1998). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Sanoat markazi. Mashinasozlikning turli tarmoklari (sanoat jihozlari, transport vositalari, elektrotexnika motorlari ishlab chiqarish) rivojlangan. Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshin va rux eritish), kimyo, oynashisha, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. … Читать далее

CHJEN CHENGUN

CHJEN CHENGUN (Yevropa adabiyotida Koksinga) (1624-1662) Xitoy sarkardasi. Savdogarlardan. 1646-y. dan manjurlarning Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan kurashda qatnashgan. Bu davrda Sinlarning hokimiyati deyarli butun Xitoy hududiga tarqalgan edi. Fuszyan, Guandun va Chjeszyan viloyatlarining dengiz sohil boʻyi rnlarida oʻrnashib olgan Chjen Chengun manjurlardan Jan. Sharqiy Xitoyning katta qismini tortib olgan, lekin 1659-y. Nankin yaqinida magʻlubiyatga uchragan. … Читать далее

CHJOU

CHJOU — Qad. Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi [mil. av. 1027 — 256(yoxud 249)]; Gʻarbiy Chjou (mil. av. 1027771) va Sharqiy Chjou [770-256(yoxud 249)]. Sulolaga Chjou kabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027-y. In davlatini tormor qilib Shim. Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindoshoʻrugʻlarga, van (podshoh) … Читать далее

CHJANGO

CHJANGO (Kurashayotgan podsholiklar) — Xitoyda Chjou sulolasi davri (mil. av. 403—221). Mamlakatda xukmronlik qilish uchun eng yirik podsholiklar oʻrtasida kurash kuchaygan. Shuningdek, bu davr mamlakatning tez surʼatlarda iktisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Chjango davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin imperiyasining barpo etilishi bilan yakunlangan. Пост Навигацияси

GALDAN-ChEREN

GALDAN-ChEREN, Galdan-Seren (?1745) — Oyrat xonligining hukmdori (1727—45). 18-a. ning 30-y. larida Xalxa (Shim. Mongoliya) uchun manjurlarning Xitoydagi Sin sulolasi bilan urushlar olib bordi. G.-Ch. ning maqsadi 1691-y. dan beri manjur sulolasi qoʻl ostida boʻlgan Xalxani oʻziga tobe etib mustaqil mongol davlati barpo kilish edi. Ikki tomon oʻrtasida tuzilgan sulh bitimi (1739)ga koʻra, Oltoy togʻlari … Читать далее

OYROT XONLIGI

OYROT XONLIGI (Jungʻor xonligi) — Jungʻoriyadagi oʻrta asr davlati (1635—1758). Ili vodiysida yashayotgan oyrotlarning choʻros ulusi vakili Botur xuntayji rahbarligida Yorkend xonligidan ajralib chiqishi natijasida barpo etilgan. Xon oʻrdasi Ili vodiysida joylashgan. Oyrot xonligi maʼmuriy jihatdan 4 ulusga (choʻros, derbet, xoʻshout va xoʻyt) boʻlingan. Har bir ulusning boshligʻi tayji (xon, knyaz) hisoblangan. Tayjilar xonlik hukmdori … Читать далее

SINSZYAN-UYGʻUR MUXTOR RAYONI

SINSZYAN-UYGʻUR MUXTOR RAYONI, Sinszyan (mahalliy talaffuzdaShinjon) — XXRning shim. gʻarbiy qismidagi milliy oʻlka (1955-y. 1 okt. da rasmiy tashkil etilgan). Tarixiy manbalarda Sharqiy Turkiston, Doʻgʻi Turkiston; Xitoy adabiyotlarida Sinszyan (1760-y. dan), 14-a. ga oid hujjatlarda va 16—17-a. larga oid fors tilidagi qoʻlyozmalarda Uygʻuriya, Uygʻuriston deb nomlangan. Muxtor r-n Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Mongoliya, Afgʻoniston, Hindiston … Читать далее

SHENSI

SHENSI — Xitoyning shim. gʻarbiy qismidagi provinsiya. Xuanxe daryosining oʻrta oqimi havzasvda. Mayd. 195,8 ming km2. Aholisi 35,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Sian shahri Shensida qadimdan dehqonchilik rivojlangan. Jami ekin maydonlarining yarmidan koʻprogʻiga donli ekinlar (bugʻdoy, tariq, sholi) ekiladi. Paxta, moyli oʻsimliklar yetishtiriladi. Janubiy dagi hududlarda yiliga 2-marta hosil olinadi. Bu yerda tung, … Читать далее

TAYYUAN

TAYYUAN — Xitoydagi shahar, Finxe daryosi (Xuanxe daryosi havzasi) boʻyida. Shansi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,95 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiya, ogʻir mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan toshkoʻmir, temir rudasi, ohaktosh qazib olinadi. Tayyuan — Xitoyning qad. shaharlaridan biri. Sin sulolasi (1644 — 1911) davrida Shansi provinsiyasidagi eng katta … Читать далее

SZYANSI

SZYANSI — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosining oʻng sohilida. Mayd. 164,8 ming km2. Aholisi 41,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nanchan sh. Yer yuzasi markaziy va shim. kismida allyuvial pasttekislik, qolgan qismi togʻlik, eng baland joyi 1696 m. Iqlimi subtropik mussonli iqlim. Yillik yogʻin 1400—1700 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan. Iqgisodiyotida dehqonchilik yetakchi … Читать далее