MAKLEOD

MAKLEOD (Macleod) Jon Rikard (1876.6.9, Klyuni, Pert, Shotlandiya 1935.16.3, Aberdin) — ingliz fiziologi. 1918-y. dan Kanadada. Aberdin untini tugatgan (1898). Vestern-Rezerv (hoz. Keyz-Vestern-Rezerv), keyinchalik Toronto unti, 1928-y. dan Aberdin unti prof. Bosh miya nafas markazining faoliyatini, tajribada siydikda qand ajralishini, sut kislotasi hosil boʻlishini, shuningdek, qondagi qand mikdorini tadqiq etgan. Ilmiy ishlari uglevodlar metabolizmi va … Читать далее

MATERIALIZM

MATERIALIZM (lot. materialis — moddiy) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jismoniy olamning obyektiv ravishda, yaʼni uning iroda, ruh, ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjudligini va ularga nisbatan birlamchiligini taʼkidlashga asoslangan falsafiy taʼlimot. Idealizmnit muqobili. Materializm ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlamchi boʻlgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga … Читать далее

MATBUOT

MATBUOT — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi — pressa). Matbuot ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yoʻnalishlarda … Читать далее

MARKAZII NERV SISTEMASI

MARKAZII NERV SISTEMASI — odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasi umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasi va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) … Читать далее

MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QOʻSHINLARI

MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QOʻSHINLARI — mamlakat hududini havo hujumidan mudofaa qilish maqsadida tuziladi. Qoʻshinning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi aviatsiyaning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Aviatsiyadan harbiy maqsadda foydalanish unga qarshi kurashuvchi maxsus qoʻshin tuzish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada 1913-y. Fransiyada, 1914-y. Rossiya va Germaniyada havoga qarata otadigan qurollar paydo boʻldi. Keyinchalik dushman aviatsiyasiga … Читать далее

PATOLOGIYA

PATOLOGIYA (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sa-babi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va okibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy Patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy Patologiyada oʻrganiladi. Patologiya patologik anatomiya va patologik fiziologiyata boʻli-nadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik Patologiya, oʻlka P. si, … Читать далее

PARAZITIZM

PARAZITIZM (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari … Читать далее

MUSIQASHUNOSLIK

MUSIQASHUNOSLIK — sanʼatshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi asosiy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixologiya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sotsiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va b.) sohalarni oʻz ichiga oladi. Nazariy Musiqashunoslik, umuman musiqa sanʼati yoki muayyan davr, … Читать далее

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI IKTISODIY ITTIFOQI

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI IKTISODIY ITTIFOQI — SSSRdan ajralib chiqqan davlatlarning iqtisodiy ittifoqi. Iqtisodiy ittifoq toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra 1993-y. da tashkil etilgan. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini erkin koʻchib yurishini, oʻzaro kelishilgan pul-kredit, byudjet, soliq, narx, tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxona, valyuta siyosatini olib borish, umumiy statistika bazasiga amal qilish va b. ni nazarda tutadi. Ittifoqning … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее